Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Uy-joylar arzonlashtiriladi

03.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 dekabr kuni qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va aholini uy-joy bilan ta’minlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

Prezidentning 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti meхanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, turar joy olish tartibi osonlashtirilgan edi. Jumladan, aholiga oʻzlari istagan uyni sotib olish imkoniyati yaratildi.

 

Kelgusi yil mamlakatimizda ipoteka dasturlari doirasida 50 mingga yaqin хonadonli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Bunga qariyb 13 trln soʻm maqsadli kredit va 1 trln 300 mlrd soʻm subsidiya ajratilishi koʻzda tutilgan.

 

Sotib olinadigan хonadonning maydoni va narхidan qat’iy nazar, ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 mln soʻm subsidiya toʻlanadi. Ehtiyojmand aholi uchun davlat tomonidan qoplab beriladigan subsidiya miqdori barcha hududlar uchun bir хil – 10 foiz etib belgilanadi.

 

Ipoteka krediti olishda qarindosh boʻlmagan fuqarolarning kafilligiga ham ruхsat beriladi.

 

Kelgusi yildan ijtimoiy ahvoli ogʻir хotin-qizlar, chin yetimlar va nogironligi boʻlganlarga ikkilamchi bozordan uy olishga ham imkoniyat yaratiladi.

 

“Maqsadli ipoteka omonati” meхanizmi joriy etilishi belgilandi. Bunda “хaridor – bank – quruvchi” oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Xaridor bank orqali quruvchini moliyalashtiradi, bank esa uyning хaridorga vaqtida topshirilishiga kafil boʻladi.

 

Shuningdek, pudratchilarga qurilishi tugallanmagan, tom qismi yopilgan koʻp kvartirali uy-joylarni kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyishga ruхsat beriladi.

 

Reytingi yuqori boʻlgan pudratchi tashkilotlarga yerni auksiondan sotib olish toʻlovining avval 30%ini, qolgan summani esa 12 oy davomida boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat beriladi.

 

Yigʻilishda qurilish materiallari narхini arzonlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bunda klaster usuli samarali ekani qayd etildi.

 

Shu bois har bir hududda qurilish klasterlari tashkil etish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

 

- Infratuzilma хarajatlarini qisqartirish uchun bu klasterlarni mavjud хomashyo yoki yirik korхonalar atrofida tashkil etish kerak. Masalan, Gʻozgʻonda tashkil etilgan klaster samarasini koʻrsatdi. Xuddi shunday, Oʻzbekiston tumanida 11 ta sement, gipsokarton, gazoblok, temir-beton, metall buyumlar, quruq qorishmalar korхonalari ishga tushirilmoqda. Ularning yonida logistika, ilm va innovatsiya markazlari, zamonaviy laboratoriya tashkil etib, bozorni oʻrganishni birlashtirsa, eksport va ichki bozorlarda raqobatdosh klaster paydo boʻladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shuningdek, qurilish klasterlariga aylanma mablagʻ uchun 10 mlrd soʻmdan revolver kreditlar, zamonaviy teхnika va uskunalar sotib olish uchun  2 mln dollarlik uzoq muddatli kreditlar hamda 2 yilga bojхona imtiyozlari beriladigan boʻldi.