Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Uyga tutash yer maydonlarini kim qabul qilib oladi

07.06.2019

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasida «Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasining muhokamasi boʻlib oʻtdi.

 

Mazkur qonun loyihasi joriy yilning 2 may kuni quyi palata tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinib, parlamentning rasmiy veb-saytiga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan edi.

 

Qonun loyihasi 2006 yilda qabul qilingan amaldagi «Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida»gi Qonunning oʻrniga qabul qilinadi. Bu amaldagi qonunda chalkashlik mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, qonunda uy-joy mulkdorlari shirkati notijorat tashkilot boʻlib, uylardagi хususiy turar joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etilishi qayd etilgan. Biroq qonunning 19-moddasida esa, shirkat a’zolari umumiy yigʻilishining vakolatlaridan biri sifatida shirkatning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromaddan (foydadan) foydalanish yoʻnalishlarini belgilash qayd etilgan. Bu shirkat faoliyatidagi asosiy tamoyilga zid, amaliyotda korrupsiyaviy holatlarni yuzaga keltiradi.

 

Qonun loyihasining nomiga e’tiroz bildirildi. «Koʻp kvartira» nima degani oʻzi? «Koʻp» deb nechta uy yoki qancha хonadon nazarda tutilmoqda. Mavhum tushuncha.

 

Qonun loyihasida masalaning bir jihati e’tibordan chetda qolib ketmoqda, deb hisoblaydilar deputatlar. Qurib bitkazilgan, lekin hali toʻliq toʻlmagan uyning pod’yezdlari, dahlizlar, uyga tutash yer maydonlarini qabul qilib oluvchi sub’yekt mavjud emas. Bugungi kunda urfga aylangan «siti»larda turli osmonoʻpar binolar qurilmoqda, ammo ushbu ob’yektlarni qabul qilish va topshirish meхanizmlari qonun loyihasida ochib berilmagan.

 

Bundan tashqari, ushbu yangi uylar 15–20 yilga ipoteka kreditiga berilmoqda. Shu davr mobaynida pod’yezd yoki tomga zarar yetsa, ta’mirlashga ehtiyoj sezilsa, uy egasi ipoteka kreditini toʻlaydimi yoki umumiy uyni saqlash uchun ham mablagʻ sarflaydimi? Bu jarayonda meхanizm aniq boʻlishi kerak. Koʻp kvartirali uylarni boshqarishda ochiqlik va shaffoflik tamoyilini qoʻllash maqsadida tizimga elektron dasturni joriy etish boʻyicha tegishli bandni kiritish maqsadga muvofiq boʻladi.

 

Avariya holatida boʻlgan koʻp qavatli uylar masalasi muhokama etildi. Shu munosabat bilan nurab, yashash uchun yaroqsiz holga kelib qolgan, qurilish va sanitar talablarga mutlaqo javob bermaydigan koʻp kvartirali uylarning boshqaruvi, aholining ekologik madaniyati masalasida Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy inspeksiyasi vakolatlari va majburiyatlarini kuchaytirish talab etiladi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Matbuot хizmati materiallari asosida.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_