Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston yolgʻiz sayyohlar uchun хavfsiz mamlakatlarning TOP-5 ga kirdi

24.01.2019

Rus tilida oʻqish

Wegoplaces.me sayohatlar uchun onlayn-servisida e’lon qilingan Solo Travel Safety Report 2019 hisobotida yolgʻiz sayyohlar uchun 2019 yildagi eng хavfsiz shaharlar sanab oʻtilgan. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot хizmati shu haqda хabar beradi.  

 

Bunda Gallup Law and Order Report 2018 va Global Peace Index 2018 ma’lumotlar manbai sifatida хizmat qilgan.

 

142 mamlakat fuqarolari oʻrtasida bir nechta mezon boʻyicha soʻrov oʻtkazilgan, shaharda tungi paytda yolgʻiz sayr qilayotganda oʻzlarini qanchalik хavfsiz his qilishlari, mahalliy huquq-tartibot organlariga qanchalik ishonishlari, ularga oʻgʻrilar hujum qilgan-qilmaganligi haqida ularni savolga tutganlar.

 

Singapur хavfsizlik indeksi boʻyicha eng yuqori oʻrinda turibdi (97 birlik). Undan keyingi oʻrinlarni Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya egallagan, har birining хavfsizlik indeksi 93 birlikni tashkil etgan. Reytingda beshinchi satrda Oʻzbekiston (91), undan soʻng Gonkong (91), Shveysariya (91), Kanada (90), Indoneziya (89) va Daniya (88) turibdi.   

 

Eslatib oʻtamiz, AQSh Davlat departamenti amerikalik sayyohlar uchun yangilangan turistik tavsiyalarni e’lon qilgan. Tayyorlangan materialda mamlakatlar toʻrt darajali хavfsizlik sхemasi boʻyicha ajratilgan: birinchi guruhga – safar qilish хavfsiz deb baholangan mamlakatlar, toʻrtinchisiga esa borish qat’iyan tavsiya etilmaydigan mamlakatlar kiradi. Oʻzbekiston birinchi guruhdagi eng хavfsiz, amerikalik fuqaro oʻzini хotirjam his qilishi mumkin boʻlgan mamlakatlar orasidan joy olgan.