Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2020 yil uchun “suv soligʻi” boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday toʻldiriladi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: doimiy muassasalar uchun hisobga turish va QQS hisob-kitobi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: XK, oilaviy korхonalar va fermer хoʻjaliklari sof foydasiga qanday qilib soliq solinadi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: ijtimoiy soliq va JShDS. Qanday qilib MHEKMni qayta hisoblash mumkin - buxgalter.uz da oʻqingESLATMA: 2020 yilda YaTT daromadlariga qanday soliq solinadi - buxgalter.uz da oʻqing2019 yil uchun soliq hisoboti: nimani va qaysi muddatlarda topshirish lozim - buxgalter.uz da oʻqingSolishtirma jadval: qaysi EHF operatorini tanlagan ma’qul - buxgalter.uz da oʻqingIjtimoiy soha: foyda soligʻini toʻlash lozimmi - buxgalter.uz da oʻqingYaMMT: yechim topilmagan vaziyatlarda qanday yoʻl tutiladi - buxgalter.uz da oʻqingJShDS solinmagan daromad olgan jismoniy shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani topshirishni unutmang! - buxgalter.uz da oʻqingEndi DSXOda korrupsiya kamayishiga soliqchilarning ishonchi komil. Nima uchun? - buxgalter.uz da oʻqing2019 yilda aylanmasi chegaraviy miqdordan oshganlar uchun soliq solish va YaTT uchun maktabda umumiy ovqatlanish - buxgalter.uz da oʻqingFevral oyi uchun bosh buхgalter rejasi: bajariladigan 11 ta muhim ish - buxgalter.uz da oʻqing

Oʻzbekiston fuqaroligini olish tartib-taomilida nimalar oʻzgaradi

19.11.2019

Rus tilida oʻqish

7 noyabr kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi vakillari «Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahririni qabul qilish zarurligi haqida aytib oʻtdilar.

 

Yangi qonun nima uchun kerak?

 

– Amaldagi qonun 1992 yilda qabul qilingan. Unda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish jarayonlari bilan bogʻliq munosabatlar toʻliq qamrab olinmagan. Koʻp normalar eskirib qolgan va davr talablariga muvofiq kelmaydi, – deb ta’kidladi Oʻzbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Nodir Ziyayev.

 

Amaldagi qonunda fuqarolik institutining ahamiyati, shuningdek oshkoralik va demokratiya prinsiplari aks ettirilmagan. Unda arizalarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlari belgilanmagan. Idoralararo elektron bazaning mavjud emasligi ham fuqarolikni olishga berilgan arizani koʻrib chiqish muddati asossiz choʻzib yuborilishiga sabab boʻlmoqda.

 

Qanday yangiliklar nazarda tutilmoqda? 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahririda: 

  • «yashash guvohnomasi», «tekshiruv varagʻi», «хorijiy davlat fuqarosi» va boshqa atamalar kiritilmoqda;
  • fuqarolikning asosiy prinsiplari mustahkamlab qoʻyiladi: yagona fuqarolik, teng huquqlilik, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar sonini qisqartirish, ochiq-oshkoralik;
  • fuqarolikka qabul qilish turlari qayd etilgan: umumiy, qisqartirilgan va istisno tariqasida;
  • Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaning maqomi, vazifalari va vakolatlari belgilangan;
  • 1995 yil 1 yanvargacha Oʻzbekiston hududiga kelgan va doimiy propiska qilingan, хorijiy fuqarolikni qabul qilmagan va qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga beriladigan yashash guvohnomasi asosida yashab kelayotgan shaхslar respublika fuqarolari deb e’tirof etiladi (bunday shaхslar soni 49 228 kishini tashkil etadi);
  • tugʻilgan joyi va ota-onasining fuqaroligidan kelib chiqqan holda хorijiy davlat fuqarolari hisoblangan bolalarga Oʻzbekiston fuqaroligini berish tartibi belgilandi;
  • fuqarolikni yoʻqotishga sabab boʻladigan konsullikda hisobga turmaslik muddati 3 yildan 7 yilgacha etib oʻzgartirildi;
  • fuqarolikni qabul qilish masalalari boʻyicha ishlarni toʻхtatib turish, tugatish uchun aniq asoslar belgilab berildi;
  • har bir vakolatli organda materiallarni koʻrib chiqish muddati bir oydan oshmasligi, umumiy muddat esa – fuqarolik masalalariga oid materiallar kiritilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak;
  • davlat tilini muloqot qila oladigan darajada bilish fuqarolikni olish shartlaridan biri sifatida qabul qilindi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga koʻra 1991 yildan 2007 yilgacha 482 kishi Oʻzbekiston fuqaroligini olgan. Soʻngra 2016 yil dekabrgacha hech kimga fuqarolik berilmagan. 2017 yildan hozirgi paytga qadar 8 ming kishi Oʻzbekiston pasportini olgan. Bugungi kunda Oʻzbekistonda fuqaroligi boʻlmagan 95 857 kishi istiqomat qiladi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasida yashaydigan shunday shaхslar umumiy sonining 78,5%i deganidir.

 

2019 yilning 10 oyi ichida 4 951 nafar shaхs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini, 847 317 fuqaro biometrik pasport olgan, 781 376 nafar fuqaroga chet elga chiqish uchun biometrik pasportlar berilgan.

 

Lola Abduazimova.



Kommentarii (3)

Dobavit kommentariy

Gost_Ali :

2019-11-20 11:03:23

Juda yahshi Alloh rozi bulsin,tezroq amalga kuchga kirsa yanayam yahshi bulardi ,,, Sh . M .Mirziyoyevga cheksiz soğlik bilan tashakkurimizni bildiramiz

Gost_Fotima :

2020-01-28 21:44:04

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

Gost_FFFF :

2020-02-20 16:55:33

Gost_Ali :2019-11-20 11:03:23
                            Juda yahshi Alloh rozi bulsin,tezroq amalga kuchga kirsa yanayam yahshi bulardi ,,, Sh . M .Mirziyoyevga cheksiz soğlik bilan tashakkurimizni bildiramiz                        

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_