Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston poytaхtida koʻchalar nomi oʻzgardi

02.11.2015

Oʻzgartirishlar Toshkent shahar Kengashining 14.10.2015 yildagi 55/7-5-son qaroriga asosan amalga oshirildi.


 

Inchunun,  hujjatga muqofiq  Yangihayot berk koʻchasi Kulolqoʻrgʻon  9-berk koʻchasi, A. Cheхov koʻchasi Fidokor koʻchasiga oʻzgartirildi.  Shumanay 7-tor koʻchasi ham oʻzgartirildi, endi u Afzal koʻchasi deb nomlanadi.  Qizilgʻuncha koʻchasining nomi  Nurfayz koʻchasiga oʻzgardi, tegishincha, uning tor koʻcha va berk koʻchalarining nomi ham oʻzgardi.

 

 

Qaror bilan avval nomsiz boʻlgan yangi koʻcha, berk koʻcha va tor koʻchalarga nomlar berildi. Ular orasida yaqinda haykali koʻchirib keltirilgan Pushkin хiyoboni ham bor.

 

 

Shuningdek Hamkorobod mahallasiga tutash koʻcha va tor koʻchalarga (Gʻishtqoʻrgʻon 1 va 2-tor koʻchalari, Hamkorobod 9–10-tor koʻchalari, Hamkorobod berk koʻchasi), “Gulzor” mahallasiga tutash berk va tor koʻchalarga (6–8-tor koʻchalar, 1–3-tor koʻchalar Sagʻbon Oqtepa deb nomlandi), “Xislat” mahallasi yonidagi koʻcha va tor koʻchalarga (koʻcha Xislatobod deb nomlandi, uning 1 dan 11 gacha tor koʻchalarining nomi ham shu kabi), “Choʻponota” mahallasiga tegishli koʻcha, berk koʻchalar va tor koʻchalarga (koʻcha, 1–4-tor koʻchalar va berk koʻcha Izzaariq deb nomlandi), shuningdek “Zafarobod” mahallasiga tutash koʻchaning tor koʻchasiga ham nom berildi, – Nurobod 5-tor koʻchasi.

 

 

Qabul qilingan qaror bilan bir oy muddatda hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish topshirildi.