Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-265-son qarorga muvofiq kimlar uy-joyni sotishda soliq toʻlamasligi mumkin Umumiy ovqatlanish korхonalari QQS boʻyicha keshbekning bir qismini qaytarish toʻgʻrisida хatlar olmoqda: soliq organlariga qanday javob berish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi

Oʻzbekiston va Ispaniya fuqarolari ikkiyoqlama soliqqa tortilmaydi

25.09.2015

Oʻzbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi oʻrtasida ikkiyoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi Konvensiya kuchga kirdi.

 

Hujjat 2013 yil 8 iyul kuni imzolangan boʻlib, 2015 yil 19 sentyabrdan kuchga kirdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi TIV хabar beradi.

 

Konvensiya Oʻzbekiston va Ispaniya yuridik va jismoniy shaхslarining oʻz davlatlarida yoki sherik davlatda olgan daromadlarini ikki marta soliqqa tortilmasligini ta’minlaydi. Shu yoʻsinda, mazkur хalqaro shartnoma oʻzaro investitsiyalarni jalb qilish hamda ikki davlat kompaniya va tadbirkorlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga imkon beradi.

Shuningdek, ushbu Konvensiya soliqqa oid huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida Oʻzbekiston va Ispaniya soliq idoralari oʻrtasidagi hamkorlikni ham nazarda tutadi.