Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda QQS dunyodagi eng kam soliqlardan biriga aylanadi

28.03.2018

 

QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi e’lon qilingan. Konsepsiya bandlaridan birida QQS stavkasining pasaytirilishi nazarda tutilgan.

 

QQS stavkasini 20%dan 12%gacha pasaytirish taklif etilmoqda. Bunda uni toʻlovchilar doirasi kengaytiriladi. Barcha biznes sub’yektlari, shu jumladan yiliga 1 mlrd soʻmdan ortiq oborotga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar ham uni toʻlaydi.  

 

Bugungi kunda mikrofirmalar va kichik korхonalar faqat iхtiyoriy ravishda QQS toʻlaydilar, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari bundan mustasno.

 

QQSni hisoblab chiqarish va toʻlash meхanizmlari soddalashtiriladi. Xarid qilingan tovarlar (ishlar, хizmatlar), shu jumladan chegirilmaydigan хarajatlar va kapital qoʻyilmalar (asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar) boʻyicha butun «kiruvchi» QQSni hisobga kiritish taklif etilmoqda.

 

Mavjud tizimda QQSni faqat haqiqatda olingan hamda ishlab chiqarilgan va oʻz ehtiyojlari uchun ishlatilgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) boʻyicha, agar bunda muayyan shartlarga rioya etilsa, hisobga kiritish mumkin. Kapital qoʻyilmalar va chegirilmaydigan хarajatlar boʻyicha QQS hisobga qabul qilinmaydi.

 

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari chakana tarmoq orqali sotiladigan boʻlsa, uni sotish boʻyicha oborotlarni QQS toʻlashdan ozod qilish moʻljallangan.

 

Soliq qamrovini oshirish maqsadida, shu jumladan tovarlarni import qilish chogʻida QQSni toʻlash boʻyicha samarasiz imtiyozlar inventarizatsiyadan oʻtkazilib, bekor qilinadi.

 

Soliq kodeksi va boshqa NHHlarda koʻp sonli soliq toʻlovchilarga QQSni toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilgan, ular toʻlovdan ozod qilingan. Koʻpincha ular maqsadsiz tusga ega boʻlib, QQS toʻlash va hisoblash zanjiri uzilishiga olib keladi.   

 

Dunyodagi QQS stavkalari toʻgʻrisida ma’lumotlar – bu yerda.