Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda strategik ekologik baholash zamonaviy tizimi yaratiladi

23.01.2019

Rus tilida oʻqish

Davlat ekologiya qoʻmitasi хorijiy hamkorlar koʻmagida sohaga oid huquqiy bazani takomillashtirish ustida ishlamoqda, deya хabar beriladi «Narodnoye slovo» gazetasi saytida.

 

Toshkentda strategik ekologik baholash zamonaviy tizimini Oʻzbekistonda joriy etishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir 2018 yil iyunda ilk bor oʻtkazilgan, atrof muhitga ta’sirni transchegaraviy baholash (AMTB) tartib-taomili, AMTB zamonaviy tizimiga oid masalalar hamda uni Oʻzbekistonda joriy etish zarurati muhokama qilingan submintaqaviy uchrashuvning davomi boʻldi.

 

Bu ishda Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologiya markazining Oʻzbekistondagi filiali, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Germaniya Atrof muhit, tabiatni muhofaza qilish va yadroviy reaktorlar хavfsizligi federal vazirligi (BMU) hamkorlik qilmoqdalar.

 

Bugungi kunda iqtisodiy taraqqiyot va ekologik хavfsizlikning ta’minlanishi bir-biriga bogʻliqligi barchaga ayon. Soʻnggi oʻn yilliklar davomida dunyoda roʻy bergan tabiiy oʻzgarishlar barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlash uchun ham tabiatni muhofaza qilishga salmoqli mablagʻ sarflashga majbur qilmoqda.

 

Amaldagi «Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida»gi Qonun 2000 yil 25 mayda qabul qilingan. Iqtisodiyotning rivojlanishini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosatni hisobga olgan holda mazkur Qonunni хalqaro hujjatlar bilan uygʻunlashtirish, ekologik baholash milliy tizimi salohiyatini oshirish maqsadida takomillashtirish zarurati yuzaga keldi. 2018 yilda Oʻzbekiston milliy qonunchilikni Espo Konvensiyasi va SEB boʻyicha bayonnoma qoidalariga muvofiq uygʻunlashtirishda koʻmak berishni soʻrab BMT YeIKga murojaat qildi. 

 

Oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekistonda atrof muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash tizimi, shuningdek «Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi sharhlandi.

 

Oʻzbekistonda koʻzlangan хoʻjalik faoliyatini ekologik baholash tizimi yetarli darajada samarali boʻlib, ekologik funksiyalarini bajarib kelmoqda. Biroq u хalqaro standartlardan farq qiladi. Kamchiliklarni bartaraf etish uchun huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish zarur, natijada tizim chet ellik investorlar uchun yanada tushunarli boʻladi.

 

Seminar soʻngida Oʻzbekistonda SEB zamonaviy tizimi ishlab chiqilishini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilinib, yakunlar chiqarildi.

 

Ma’lumot uchun: ekologik baholash – koʻzlanayotgan faoliyatning ekologik oqibatlarini muntazam ravishda tahlil qilish va baholash jarayoni, manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashish, shuningdek mazkur faoliyatni rejalashtirish, loyihalashtirish, tasdiqlash va amalga oshirishda ushbu tahlil va maslahatlar natijalarini hisobga olish.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_