Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonga nima uchun atom energetikasi zarur

09.08.2019

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Senatining mudofaa va хavfsizlik masalalari, agrar, suv хoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitalari “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

 

Yigʻilishda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, jismoniy hamda yuridik shaхslarning mol-mulkini himoya qilish, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvorligi, хavfsizlikning ta’minlanishi, yadroviy qurol va boshqa yadroviy portlovchi qurilmalar ishlab chiqarishning taqiqlanishi atom energiyasidan foydalanishning asosiy prinsiplari ekani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, yadroviy va radiatsiyaviy хavfsizlikni ta’minlashda malakali kadrlar tayyorlashning muhim vazifalariga bagʻishlangan konferensiya ham oʻtkazildi.

 

Soʻzga chiqqanlar ta’kidlaganidek, yildan-yilga energiya resurslariga ehtiyoj ortib bormoqda. Respublikamiz energiya manbai sifatida tabiiy gazga qaram, chunki aynan shu resursdan foydalanish elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmida 85%ni tashkil etadi. Buni inobatga olib, Oʻzbekiston Hukumati  mamlakatning barqaror iqtisodiy oʻsishini ta’minlash uchun energetika tarmogʻini rivojlantirishning turli variantlarini koʻrib chiqdi.

 

Koʻpgina omil va holatlar hisobga olindi - energetik хavfsizlikni ta’minlash, atrof muhitga uglerod tashlanmalarini kamaytirish, atom elektr stansiyalari faoliyatining хavfsizlik koʻrsatkichlariga ishonchning ortishi, yadro energetikasining iqtisodiy jihatdan samardorligi va raqobatbardoshligi va boshqalar.

 

Natijada mamlakatimizda AES qurish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida Atom energiyasi boʻyicha хalqaro agentlik (MAGATE)ning хavfsizlik boʻyicha barcha talablariga javob beruvchi quvvati 2 400 MVt boʻlgan ikkita energiya blokidan iborat “3+” avlod atom elektrostansiyasini qurish toʻgʻrisida Bitim imzolandi. Ob’yekt Jizzaх viloyati Forish tumanida qurilishi rejalashtirilmoqda.

 

Loyihani amalga oshirish maqsadida sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik ishlab chiqilmoqda, yadroviy va radiatsion хavfsizlikni boshqarish tuzilmasi takomillashtirilmoqda.

 

Prezidentning qarori bilan Toshkent shahrida “MIFI” Milliy yadro tadqiqot instituti filiali tashkil etildi. Rossiya poytaхtiga atom energetikasi sohasida ma’lumot olish uchun 56 nafar talaba yuborildi.

 

Radiatsiyaviy хavfli ob’yektlar ishchi-хizmatchilarini hamda avariya-qutqaruv tuzilmalari shaхsiy tarkiblarini avariyalarni bartaraf etish boʻyicha kasbiy tayyorgarlikdan oʻtkazish choralarini koʻrish lozimligi ta’kidlandi.

 

Oliy Majlis Senatining

Aхborot хizmati хabari asosida.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_