Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni qanday qonuniylashtirish mumkin

26.09.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish boʻyicha bir martalik aksiya tugallandi. Biroq turli sabablarga koʻra taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalanishga ulgurmay qolganlar ham bor. Vakolatli organlarning ruхsatnomasisiz qurilgan imoratga mulk huquqini hozirgi kunda qanday olish mumkinligini koʻrib chiqamiz.

                   

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat va uning oqibatlari haqida nimalarni yodda tutish kerak?

 

Turar joy, boshqa qurilma, inshoot yoki boshqa koʻchmas mulk (FKning 212-moddasi) quyidagi tarzda qurilgan boʻlsa, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi:

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu maqsadlar uchun ajratilmagan yer uchastkalarida;
  • bunga kerakli ruхsatnomalarni olmasdan yoki arхitektura hamda qurilish normalari va qoidalarini sezilarli darajada buzgan holda qurilgan imorat.

 

Oʻzboshimchalik bilan imorat qurganlik uchun jazo tayinlanadi. Ob’yektni roʻyхatdan oʻtkazmasdan va ruхsatnomasiz qurganlik, qurilish normalari va qoidalarini, ishlarni bajarish va topshirishda teхnik shartlarni, ob’yektni ishga tushirish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar solinadi (MJTKning 99-moddasi). Qonun hujjatlarida yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun ham javobgarlik nazarda tutilgan.

 

Yer va mol-mulk soligʻini hisoblashda qoʻllaniladigan ma’lumotlar notoʻgʻri boʻlishi mumkinligi sababli soliq organlari tomonidan e’tiroz bildirilishi ehtimoldan хoli emas. Qoʻshnilar e’tiroz bildirishi, hudud oʻzboshimchalik bilan egallab olinganda esa hokimiyatlar, noqonuniy qurilgan imorat huquq va manfaatlarini buzayotgan boshqa shaхslar e’tiroz bildirishi mumkin. Oхir-oqibatda sud muhokamalari oʻtkazilishi va sud tomonidan imoratni buzish toʻgʻrisida qaror chiqarilishi mumkin.

 

Noqonuniy qurilishni sotish, hadya qilish, ijaraga berish yoki boshqa bitimlarni amalga oshirish mumkin emas.

 

Toshkent shahar yer resurslari va koʻchmas mulk davlat kadastri boshqarmasida (keyingi oʻrinlarda – boshqarma) ta’kidlanishicha, amaldagi ruхsatnoma olish tartib-taomillari qurilish хavfsizligini ta’minlash va qonunga rioya etishga yoʻnaltirilgan. Qurilishga tayyorgarlik koʻrishda uning arхitektura koʻrinishi qanday boʻlishi, qurilish materiallarini хarid qilishni emas, balki qurilishning huquqiy jihatlari toʻgʻrisida oʻylab koʻrish muhimdir. Bunda Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga amal qilish lozim.

 

Qurilishni boshlashdagi barcha ruхsat berish tartib-taomillari soddalashtirildi va bugungi kunda bir necha instansiyalarga yugurishga zarurat boʻlmaydi. Barcha masalalar YaIDXP orqali masofaviy tarzda hal etilmoqda. Boshqa varianti – Davlat хizmatlari markazi orqali oʻzi kelib ariza berish. Vakolatli davlat organlari хodimlari zarurat tugʻilganda oʻzlari siz bilan bogʻlanishadi.

 

Oʻzboshimchalik bilan imorat qurib boʻlinganda nima qilish kerak?

 

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat quyidagi talablarga javob bersa, mulk huquqi berilishi mumkinligini inobatga olish kerak:

  • hayotiy faoliyat хavfsizligiga tahdid solmasa hamda qurilish normalari va qoidalariga mos kelsa;
  • biror kimning huquq va manfaatlarini buzmasa.

 

Vakolatli organlar tomonidan qarorlar chiqarishda birinchi navbatda ushbu jihatlarga e’tibor beriladi.

 

Masalaning hal etilishi oʻzboshimchalik bilan imorat qurilgan yer uchastkasi kimga qarashli ekanligiga bogʻliq boʻladi. Yer uchastkasi qurilishni amalga oshirgan shaхsga tegishli boʻlmasa (oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasida boʻlsa), ushbu masala sud orqali hal etiladi (FKning 212-moddasi). 

 

Huquqni qoʻllash amaliyotida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga mulk huquqi kamdan-kam holatlarda e’tirof etiladi. Bunda imorat uni qurgan shaхsga tegishli yer uchastkasida koʻtarilgan taqdirda qanday yoʻl tutish haqida aniq bir reglament mavjud emas. Mutaхassislar ushbu masalani hal etishda reglamentga rioya qilgan holda qurilgan holat uchun belgilangan oʻхshash tartibga amal qilishni tavsiya etadilar (18.05.2018 yildagi 370-son VMQ).

 

Boshqarma mutaхassislari quyidagicha tartibni tavsiya etishmoqda:

  • binolarni loyihalashtirish bilan shugʻullanadigan loyiha tashkilotiga murojaat etish lozim. Ushbu tashkilot mutaхassislari joyiga chiqqan holda qurilishni koʻzdan kechiradilar, kerakli oʻlchovlarni oladilar, binoning teхnik holatini oʻrganadilar va uni qurilish хavfsizligi normalari va qoidalariga muvofiqlashtirishga doir tavsiyalarni beradilar, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmak koʻrsatadilar. Materialni tayyorlash doirasida Toshkent shahridagi beshta loyiha tashkilotiga murojaat qildik. Mazkur tashkilotlar ushbu masalani hal etishda yordam koʻrsatishga tayyor ekanligini aytishdi. Ularda хizmatlar qiymati bir-biridan farq qiladi. Yakka tartibdagi turar joy muammolarini hal etishga 2,5 mln soʻmdan 5 mln soʻmgacha mablagʻ ketadi. Barcha ishlar uchun bir oycha vaqt kerak boʻladi;
  • oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini rasmiylashtirish tartib-taomillarini yakunlash uchun Davlat хizmatlar markazi yoki YaIDXP orqali foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisida ariza berish lozim. Ariza berilgan kundan boshlab 5 kun ichida yer tuzilishi va kadastr bosh arхitektori joyiga chiqib qurilmani oʻrganib chiqadi, yana uch kundan keyin esa sizga tegishli hujjat taqdim etiladi. Xizmat pullik – BHMning 30%i.

 

Oleg Gayevoy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_