Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MIB servisi orqali kontragentni qanday tekshirish mumkin Tovarlarni vaqtincha olib kirishda muvofiqlik sertifikatlari kerakmi Vakillik хarajatlarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish

Valyuta mablagʻlarini qayta baholashda olingan foyda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi

15.11.2017

 

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2.09.2017 yildagi PF-5177-son Prezident Farmonining 7-bandi ijrosi yuzasidan  ma’lum qilishlaricha, 1.07.2018 yilgacha shunday tartib joriy etiladiki, unga koʻra chet el  valyutasidagi mablagʻlarni qayta baholashda olingan foyda soliq solish bazasiga kiritilmaydi.

 

Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi munosabati bilan, valyutani liberallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni joriy etishda tegishli hisobot davrida kassa, depozit va ssuda hisobvaraqlarida, shu jumladan akkreditivlarda boʻlgan valyuta mablagʻlarini qayta baholash natijasida olingan foyda soliq solish bazasiga kiritilmaydi.

 

Koʻrsatilgan norma quyidagilarni hisoblab chiqarishda qoʻllaniladi:

  • yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi;
  • obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi;
  • yagona soliq toʻlovi.

 

Shuningdek хabarda yuqorida koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha hisobotlarning qaysi satrlarida chet el valyutasini qayta baholashda olingan foyda aks ettirilishi koʻrsatilgan.

 

Ma’lumot uchun: chet el valyutasidagi mablagʻlarni qayta baholash natijasida olingan foyda deganda ijobiy kurs farqining salbiy kurs farqidan oshgan summa tushuniladi.



Feruz Xayrullayev.