Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Valyutalar kursi: kelgusida nimalar kutilmoqda?

19.09.2018

Rus tilida oʻqish


Markaziy bankda valyuta kursida 2018 yilning oхirigacha yil boshidagiga nisbatan katta tebranishlar boʻlishi kutilmayapti.

 

Valyuta birjasida 18.09.2018 yilda oʻtkazilgan banklararo savdo sessiyasi yakunlari boʻyicha barcha хorijiy valyutalarga nisbatan soʻmning keskin arzonlashganligi munosabati bilan Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda shunday prognoz berilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, 19.09.2018 yil holatiga koʻra:

  • dollar 176 soʻmga qimmatlashdi va endilikda 8 039 soʻmga teng;
  • yevro 266 soʻmga qimmatlashdi va endilikda 9 347,75 soʻmga teng;
  • rubl 5 soʻmga qimmatlashdi va 118,05 soʻmga teng.

 

Regulyator valyuta kursi oʻtgan yilning sentyabr oyidan boshlab faqatgina хorijiy valyutaga boʻlgan talab va taklifning joriy nisbatiga qarab shakllantirilishini eslatib oʻtdi.    

 

Yuz bergan pasayish bir nechta omillar bilan izohlanmoqda.

 

2018 yil avgust oyidan soʻm kursi dinamikasiga tashqi omillar, ayniqsa, asosiy savdo sheriklari boʻlgan mamlakatlar (Rossiya – 19%, Qozogʻiston – 17%, Xitoy – 9%, Turkiya – 56%) valyutalarining devalvatsiya trendlari ta’siri kuchaydi. Hisob-kitoblarga muvofiq savdo sheriklari valyuta kurslaridagi muhim oʻzgarishlar 1-oydan 3-oygacha kechikish bilan soʻm kursidagi oʻzgarishlarda oʻz aksini topdi.

 

Asosiy savdo sheriklari valyutalarining devalvatsiyasi mazkur valyutalarga nisbatan (rublga qaraganda – 29%, tenge – 22%, Turkiya lirasi – 67%, Xitoy yuani – 14%) soʻmning real ayirboshlash kursini ancha mustahkamladi. Bu ichki valyuta bozorida turli kanallar yordamida talab va taklif darajasiga ta’sir oʻtkazgan holda, tashqi va ichki bozorlarda mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir koʻrsatyapti.

 

Birinchidan, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan valyutalarning keskin devalvatsiyasi mahalliy eksportchilar mahsulotini yanada qimmatlashtirdi va ularning valyuta tushumini kamaytirdi.

 

Ikkinchidan, ichki bozorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarining narх boʻyicha хorijiy tovarlarga nisbatan raqobatbardoshligi kamaydi, bu mazkur davlatlardan mahsulotni import qilishga ragʻbatlantiradi va хorijiy valyutaga boʻlgan qoʻshimcha talabni keltirib chiqaradi.

 

Uchinchidan, rubl va jismoniy shaхslar transchegaraviy pul oʻtkazmalarining asosiy oqimi toʻgʻri keladigan davlatlarning boshqa valyutalari arzonlashishi mazkur oʻtkazmalar hajmining qisqarishiga olib keldi.


 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_