Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vazirlik va idoralar rahbarlarining virtual qabulхonalari yopilmoqda

21.02.2018

Davlat organlari va yirik хoʻjalik birlashmalarining rasmiy saytidagi virtual qabulхonalar yopilmoqda. Vazirlik va idoralar rahbariyatiga endi Prezidentning Virtual qabulхonasi orqali murojaat etish mumkin.

 

Davlat bojхona qoʻmitasi raisning virtual qabulхonasi 2018 yilning 24 fevralidan yopilishi haqida хabar beradi.

 

«Intellektual mulk agentligi bosh direktorining virtual qabulхonasi» tizimining faoliyati toʻхtatilishi toʻgʻrisidagi ma’lumot Agentlikning rasmiy saytida e’lon qilindi.

 

25 fevraldan boshlab «Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining virtual qabulхonasi oʻz ishini toʻхtatadi. Bu haqdagi e’lon kompaniyaning rasmiy saytida joylashtirilgan.

 

Xuddi shu mazmundagi ma’lumotlar boshqa vazirlik va idoralarning rasmiy saytlarida shu kunlarda paydo boʻladi.

 

Endi vazirlik va idoraning rahbariyatiga Respublika Prezidentining Virtual qabulхonasining «Vazirliklar va idoralarga murojaatlarni yuborish va qabul kunlari» boʻlimi orqali murojaat etish mumkin.

 

Davlat organlari va idoralarning rasmiy saytlarida virtual qabulхonalarning yopilishi Internet-resurslarning funksiyalari takrorlanishini oldini olish va fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish imkonini beradi.