Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vositachilik shartnomasi boʻyicha chegirma hisobi qanday yuritiladi

23.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vositalik shartnomasi boʻyicha komitent vositachiga haq evaziga vositachi nomidan, biroq komitent hisobidan bitimlar tuzishni topshiradi . Ular oʻrtasidagi hisob-kitoblar tartibi shartnomada belgilanadi va ikkita variantni nazarda tutishi mumkin: hisob-kitoblarda vositachi ishtirokisiz va uning ishtirokida. Shuningdek, vositachilik shartnomasida taraflar sotib oluvchilarga chegirmalar taqdim etish tartibini nazarda tutishlari mumkin.

Buxgalter.uz tushuntiradi:

 

Faraz qilaylik, QQS toʻlovchisi boʻlgan komitent QQS toʻlovchisi boʻlgan vositachiga realizatsiya qilish uchun tannarхi 42 000 ming soʻmlik tovarlarni topshiradi. Ularning sotish qiymati QQS bilan 69 000 ming soʻm miqdorida belgilandi.

 

Vositachilik shartnomasi boʻyicha sotib oluvchilarga 46 000 ming soʻm summadan ortiq tovarlarni хarid qilish chogʻida 1% chegirma taqdim etiladi.  46 000 ming soʻmdan kam summada tovarlarni хarid qilishda 1% chegirma yetkazib berish qiymati uchun haq realizatsiya qilish sanasidan keyin 5 kun ichida toʻlangan taqdirda taqdim etiladi.

 

Vositachining haqi – sotilgan tovarlar qiymatining 10%i. Agar chegirmalar realizatsiya qilish sanasidan keyin taqdim etilgan boʻlsa, vositachilik haqi summasiga tuzatish kiritilmaydi.

 

Vositachi hisob-kitoblarda ishtirok etadi. Sotib oluvchilardan tushgan pul mablagʻlarini u oʻz hisobvaragʻiga oladi, soʻngra ularni komitentga oʻz haqini chegirgan holda oʻtkazadi.

 

1. Chegirma tovarlarni realizatsiya qilish paytida taqdim etiladi

 

Vositachi komitentning butun tovarini – 69 000 ming soʻmga realizatsiya qildi. Sotib oluvchiga 690 ming soʻm (69 000 х 1%) summada chegirma taqdim etildi. Yetkazib berishning umumiy qiymati chegirma bilan 68 310 ming soʻmni (69 000 – 690), tovarlarni chegirma bilan  realizatsiya qilishda hisoblangan QQS - 8 910 ming soʻmni (68 310 : 115 х 15) tashkil etdi.

 

Vositachilik haqi 6 831 ming soʻmni (68 310 х 10%) tashkil etadi. Vositachi tomonidan vositachilik haqidan hisoblangan QQS -  891 ming soʻm (6 831 : 115 х 15).

 

Vositachi komitentga 61 479 ming soʻm (68 310 – 6 831) oʻtkazishi kerak.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_