Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yana bitta хalqaro universitet filiali ochiladi

23.04.2019

Rus tilida oʻqish

Janubiy Koreyaning Kyungin хalqaro universiteti (Kyung-in Women’s University[1]) Toshkentda oʻz boʻlinmasini ochishni rejalashtirmoqda. «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi matbuot хizmati shu haqda хabar berdi.

 

Ushbu oʻquv muassasasida toʻqimachilik, dizayn, moda, aviatsiya va turizm, goʻzallik sanoati, sogʻliqni saqlash va koreyashunoslik sohalarida хalqaro standartlar darajasida uzluksiz ta’lim tizimi shakllantiriladi.

 

Filialning maqsadlaridan biri – ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, sanoat sohalarining oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish, zamonaviy moda va dizayn tamoyillarini rivojlantirish.

 

Bosh muassasadan farqli ravishda Toshkentdagi filial faqat ayollarga moʻljallangan emas, balki aralash boʻladi.

 

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning Oʻzbekiston Respublikasiga Davlat tashrifi doirasida filial ochish haqida kelishuvga erishildi.

 

20 aprel kuni Kyungin universiteti, Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi oʻrtasida 2019-2020 oʻquv yilida filialni ochish va loyihani amalga oshirish boʻyicha memorandum imzolandi.

 

_________________

[1] Kyung-in Woman’s University – 1990 yilda asos solingan Janubiy Koreyadagi davlat oliy ta’lim muassasasi. Universitetda har yili 2 000 dan ortiq talaba tahsil oladi. 300 dan ortiq oʻqituvchi ishlaydi.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_