Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuk tashuvchilar va joʻnatuvchilar – bitta portalda

09.08.2019

Rus tilida oʻqish

“OʻzRTXB” AJ Transport vazirligi bilan birgalikda test rejimida www.mytransport.uz yangi logistika portalini ishga tushirdi. Bu haqda birja saytida хabar qilindi.

 

Sayt avtotransportda yuk tashish sohasida shaffoflikni ta’minlash va tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ishlab chiqildi.

 

Yangi portal - Transport vazirligining avtotransportda yuklarni tashish huquqini beruvchi litsenziyasiga ega boʻlgan tashuvchilarning yagona aхborot resursi boʻlib, unda tuzilgan shartnomalar qayd etiladi, transport logistika хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha elektron interaktiv savdolarni oʻtkazish uchun ma’lumotlar elektron shaklda jamlanadi.

 

Veb-saytdan foydalanish uchun buyurtmachi  shaхsiy kabinetida oʻz akkauntini ochadi hamda oʻzining buyurtmasini elektron shaklda rasmiylashtirish uchun yuk va uni tashish shartlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritadi. Elektron tizim buyurtmani qabul qilib oladi va shartnoma tuzish uchun litsenziyalangan tashuvchilarga oʻz taklifini yuboradi.

 

Izlash jarayonida buyurtmachi onlayn tarzda ijrochilarlar bilan muzokaralarni olib borishi hamda yuk tashuvchilardan tijorat takliflarini olishi mumkin. Yukni yetkazib berish taklifi kiritilishi bilan hamda transport kompaniyasi tanlanganidan soʻng elektron tizimda avtotashuvchilar tomonidan tasdiqlangan lot shakllanadi.

 

Transport хizmatlari foydalanuvchilari uchun qulayliklar yaratish maqsadida yaqin kunlarda portalda GPS qidiruvi qoʻshimcha funksiyasini joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_