Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2018 yil sentyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2018 yil sentyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

18.09.2018

      2018 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 16,5%; eng yuqori stavka – 22,5% (Prezidentning 29.12.2017 yildagi ­PQ-3454-son qaroriga 8-ilova).

 

      1 yanvardan 15 iyulgacha eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 172 240 soʻmni (20.11.2017 yildagi PF-5245-son), 15 iyuldan esa 184 300 soʻmni (2.07.2018 yildagi PF-5469-son) tashkil etadi.

 

      Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2018 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 172 240 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi). Yanvar-sentyabr oylari uchun soliq solish maqsadida EKIH 1 550 160 soʻmni (172 240 х 9) tashkil qiladi.

 

      2018 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 2%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi ­(PQ-3454-son qarorga 8-ilova).

 

      ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

      2018 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan ish haqi (daromad) summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-3454-son qarorning 3-bandi).

 

Soliq solinadigan daromad miqdori

Soliq stavkasi

1 550 160 soʻmgacha

0%

1 550 161 soʻmdan 7 750 800 soʻmgacha

(5 х 1 550 160)

1 550 160 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

7 750 801 soʻmdan 15 501 600 soʻmgacha

(10 х 1 550 160)

465 048 soʻm + 7 750 800 soʻmdan ortiq summaning 16,5%i

15 501 601 soʻm va undan yuqori

1 743 930 soʻm + 15 501 600 soʻmdan ortiq summaning 22,5%i

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

1-VAZIYaT Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yil boshidan 15 iyulga qadar u oyiga 150 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 160 000 soʻm ish haqi oldi. Iyul oyi uchun ish haqi 155 454,55 soʻmga teng. Yanvar-sentyabr oylari uchun jami daromad 1 375 454,55 soʻmni (150 000 х 6) + 155 454,55 + (160 000 х 2)) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 1 550 160 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (1 375 454,55 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 12 800 soʻmga (160 000 х 8%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 147 200 soʻm (160 000 – 12 800) toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

Xodim yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 720 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 770 000 soʻm ish haqi oldi. Iyul oyi uchun ish haqi 747 272,73 soʻmga teng. Yanvar-sentyabr oylari uchun jami daromad 6 607 272,73 soʻmni (720 000 х 6) + 747 272,73 + (770 000 х 2)) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(6 607 272,73 – 1 550 160) х 7,5% = 379 283,45 soʻmga teng.

Yanvar-avgust oylarida 334 451,45 soʻm soliq ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 44 832 soʻmga (379 283,45 – 334 451,45) teng.

Yanvar-sentyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 101 142,25 soʻmni ((6 607 272,73 – 1 550 160) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 89 187,05 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 11 955,2 soʻmni (101 142,25 – 89 187,05) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 32 876,8 soʻm (44 832 – 11 955,2) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 61 600 soʻmni (770 000 х 8%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 663 568 soʻm (770 000 – 44 832 – 61 600) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 050 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 120 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 088 181,82 soʻmga teng. Yanvar-sentyabr oylari uchun jami daromad 9 628 181,82 soʻmni (1 050 000 х 6) + 1 088 181,82 + (1 120 000 х 2)) tashkil qiladi.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–sentyabr oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

465 048 + (9 628 181,82 – 7 750 800) х 16,5% = 774 816 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 680 442 soʻm soliq ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 94 374 soʻmga (774 816 – 680 442) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 161 560,44 soʻmni ((9 628 181,82 – 1 550 160) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 142 605,24 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 18 955,2 soʻmni (161 560,44 – 142 605,24) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 75 418,8 soʻm (94 374 – 18 955,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 89 600 soʻmni (1 120 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 936 026 soʻm (1 120 000 – 89 600 – 94 374) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 850 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 980 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 920 909,09 soʻmga teng. Yanvar-sentyabr oylari uchun jami daromad 16 980 909,09 soʻmni (1 850 000 х 6) + 1 920 909,09 + (1 980 000 х 2)) tashkil qiladi.

22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–sentyabr oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

1 743 930 + (16 980 909,09 – 15 501 600) х 22,5% = 2 076 774,55 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 1 825 044,55 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 251 730 soʻmga (2 076 774,55 – 1 825 044,55) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 308 614,98 soʻmga ((16 980 909,09 – 1 550 160) х 2%) teng.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 272 459,78 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 36 155,2 soʻmni (308 614,98 – 272 459,78) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 215 574,8 soʻm (251 730 – 36 155,2) JShDS oʻtkaziladi.

Sentyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 158 400 soʻmni (1 980 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 569 870 soʻm (1 980 000 – 251 730 – 158 400) ish haqi oladi.

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

5-VAZIYaT Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi

Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 850 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 980 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 920 909,09 soʻmga teng. Yanvar-sentyabr oylari uchun jami daromad 16 980 909,09 soʻmni (1 850 000 х 6) + 1 920 909,09 + (1 980 000 х 2)) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

 

Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:

16 980 909,09 – (1 550 160 х 4) = 10 780 269,09 soʻmga teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–sentyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

465 048 + (10 780 269,09 – 7 750 800) х 16,5% = 964 910,4 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 842 314,8 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 122 595,6 soʻmga (964 910,4 – 842 314,8) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 184 602,18 soʻmni ((10 780 229,09 – 1 550 160) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 162 226,18 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 22 376 soʻmni (184 602,18 – 162 226,18) tashkil qiladi.

Byudjetga 100 219,6 soʻm (122 595,6 – 22 376) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 158 400 soʻmni (1 980 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 699 004,4 soʻm (1 980 000 – 112 595,6 – 158 400) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 265 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 353 550 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 2 200 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 313 300 soʻmga teng. Yanvar-sentyabr oylari uchun jami daromad 13 810 400 soʻmni (1 265 000 х 6) + 2 200 000 + 1 313 300 + (1 353 550 х 2)) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm).

 

Soliq solinadigan daromad 11 743 520 soʻmga (13 810 400 – 2 066 880) teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–sentyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

465 048 + (11 743 520 – 7 750 800) х 16,5% = 1 123 846,8 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 990 937,05 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 132 909,75 soʻmga (1 123 846,8 – 990 937,05) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 203 867,2 soʻmni ((11 743 520 – 1 550 160) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 180 241 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 23 626,2 soʻmni (203 867,2 – 180 241) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 109 283,55 soʻm (132 909,75 – 23 626,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 108 284 soʻmni (1 353 550 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 112 356,25 soʻm (1 353 550 – 132 909,75 – 108 284) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 300 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 390 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 800 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Iyul oyi uchun ish haqi 1 349 090,91 soʻmga teng. Yanvar-sentyabr oylari uchun jami daromad 13 729 090,91 soʻmni (1 300 000 х 6) + 1 349 090,91 + 1 800 000 + (1 390 000 х 2)) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm).

 

Soliq solinadigan daromad 12 695 650,91 soʻmga (13 729 090,91 – 1 033 440) teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–sentyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

465 048 + (12 695 650,91 – 7 750 800) х 16,5% = 1 280 948,4 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 1 142 024,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 138 924 soʻmga (1 280 948,4 – 1 142 024,4) teng.

Yanvar–sentyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 222 909,82 soʻmga ((12 965 650,91 – 1 550 160) х 2%) teng.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 198 554,62 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 24 355,2 soʻmni (222 909,82 – 198 554,62) tashkil qiladi.

Byudjetga 114 568,8 soʻm (138 924 – 24 355,2) JShDS oʻtkaziladi.

Sentyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 111 200 soʻmni (1 390 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 139 876 soʻm (1 390 000 – 138 924 – 111 200) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 300 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 390 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 300 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 500 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 349 090,91 soʻmga teng. Yanvar-sentyabr oylari uchun jami daromad 15 729 090,91 soʻmni (1 300 000 х 6) + 2 300 000 + 1 500 000 + 1 349 090,91 + (1 390 000 х 2)) tashkil qiladi.

Quyidagilarga muvofiq:

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (1 550 160 х 4 = 6 200 640 soʻm) chiqarib tashlanadi;

Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

11 929 090,91 – 6 200 640 + 2 300 000 – 2 066 880 + 1 500 000 – 1 033 440 = 6 428 130,91 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(6 428 130,91 – 1 550 160) х 7,5% = 365 847,82 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 326 187,82 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 39 660 soʻmga (365 847,82 – 326 187,82) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 97 559,42 soʻmni ((6 428 130,91 – 1 550 160) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 86 983,42 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 10 576 soʻmni (97 559,42 – 86 983,42) tashkil qiladi.

Byudjetga 29 084 soʻm (39 660 – 10 576) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 111 200 soʻmni (1 390 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 239 140 soʻm (1 390 000 – 39 660 – 111 200) oladi.

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

9-VAZIYaT Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 800 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 850 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 827 272,72 soʻmga teng. Yanvar-sentyabr oylari uchun jami daromad 7 327 272,72 soʻmni (800 000 х 6) + 827 272,72 + (850 000 х 2)) tashkil qiladi.

Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).

Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida joriy yildagi jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

 

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–sentyabr oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. JShDS:

(7 327 272,72 – 1 550 160) х 7,5% = 433 283,45 soʻmga teng.

Yanvar-avgust oylarida 382 451,45 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 50 832 soʻmga (433 283,45 – 382 451,45) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 115 542,25 soʻmga ((7 327 272,72 – 1 550 160) х 2%) teng.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 101 987,05 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 13 555,2 soʻmni (115 542,25 – 101 987,05) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 37 276,8 soʻm (50 832 – 13 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 68 000 soʻmni (850 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 731 168 soʻm (850 000 – 50 832 – 68 000) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 22,5%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 15 501 600 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi.

Yanvar–sentyabr oylari uchun JShDS summasi 1 648 636,36 soʻmga (7 327 272,72 х 22,5%) teng.

Yanvar-avgust oylarida 1 457 386,36 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyida uning summasi 191 250 soʻmni (1 648 636,36 – 1 457 386,36) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (2%) hisoblab yoziladi.

Yanvar–sentyabr oylarida ularning summasi 146 545,45 soʻmni (7 327 272,72 х 2%) tashkil qiladi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 129 545,45 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyi uchun 17 000 soʻm (146 545,45 – 129 545,45) oʻtkaziladi.

Byudjetga 174 250 soʻm (191 250 – 17 000) JShDS oʻtkaziladi.

Sentyabr oyi uchun sugʻurta badallari 68 000 soʻmni (850 000 х 8%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 590 750 soʻm (850 000 – 191 250 – 68 000) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Xodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 850 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 900 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 877 272,73 soʻmga teng. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 1 000 000 soʻm ijara haqi oladi. Yanvar-sentyabr oylari uchun jami daromad 7 777 272,73 soʻmni (850 000 х 6) + 877 272,73 + (900 000 х 2)) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-3454-son qarorga 25-ilova).

Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).

ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

 

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

1 000 000 х 7,5% = 75 000 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 16,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

465 048 + (7 777 272,73 – 7 750 800) х 16,5% = 469 416 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 412 451,45 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 56 964,55 soʻmga (469 416 – 412 451,45) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 124 542,25 soʻmga ((7 777 272,73 – 1 550 160) х 2%) teng.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 109 987,05 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 14 555,2 soʻmni (124 542,25 – 109 987,05) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 42 409,35 soʻm soliq (56 964,55 – 14 555,2) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 72 000 soʻmni (900 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 696 035,45 soʻm ish haqi (900 000 + 1 000 000 – 75 000 – 56 964,55 – 72 000) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi

Xodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 200 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 280 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 243 636,37 soʻmga teng. Yanvar–sentyabr oylaridagi jami daromad 11 003 636,37 soʻmni (1 200 000 х 6) + 1 243 636,37 + (1 280 000 х 2)) tashkil etdi. Mart oyida хodim buхgalteriyaga har oyda uning ish haqidan 500 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

11 003 636,37 – 3 500 000 = 7 503 636,37 soʻm.

7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–sentyabr oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

(7 503 636,37 – 1 550 160) х 7,5% = 446 510,73 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 400 928,73 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyi uchun soliq summasi 45 582 soʻmga (446 510,73 – 400 928,73) teng.

Yanvar–sentyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 119 069,53 soʻmni ((7 503 636,37 – 1 550 160) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 106 914,33 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyi uchun ajratmalar 12 155,2 soʻmni (119 069,53 – 106 914,33) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 33 426,8 soʻm (45 582 – 12 155,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 102 400 soʻmga (1 280 000 х 8%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 632 018 soʻm (1 280 000 – 500 000 – 45 582 – 102 400) ish haqi toʻlanadi.

 

12-VAZIYaT Ilgari mazkur hisobot yilida ishlamagan, yangi ishga qabul qilingan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Mart oyida mazkur hisobot yilida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. Unga 1 400 000 soʻm maosh belgilandi. 15 iyuldan maosh 1 500 000 soʻmgacha oshirildi. Iyul oyi uchun ish haqi 1 454 545,46 soʻmga teng. Mart-sentyabr oylari uchun daromad 10 054 545,46 soʻmni (1 400 000 х 4) + 1 454 545,46 + (1 500 000 х 2)) tashkil etdi.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va mart-sentyabr oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

465 048 + (10 054 545,46 – 7 750 800) х 16,5% = 845 166 soʻm.

Mart-avgust oylarida 688 092 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyi uchun soliq summasi 157 074 soʻmga (845 166 – 688 092) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 170 087,71 soʻmni ((10 054 545,46 – 1 550 160) х 2%) tashkil etadi.

Mart-avgust oylarida ShJBPHga 143 532,51 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyi uchun ajratmalar 26 555,2 soʻmni (170 087,71 – 143 532,51) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 130 518,8 soʻm (157 074 – 26 555,2) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 120 000 soʻmga (1 500 000 х 8%) teng.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 1 222 926 soʻm (1 500 000 – 157 074 – 120 000) toʻlanadi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.


_____________________________________________________________________________

*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitobi uslubiyati yanvar oyi uchun «SBX»ning 30.01.2018 yildagi 4-5 (1224-1225)-sonida, fevral oyi uchun 27.02.2018 yildagi 9 (1229)-sonida, mart oyi uchun 23.03.2018 yildagi 12 (1232)-sonida, aprel oyi uchun 24.04.2018 yildagi 17 (1237)-sonida, may oyi uchun 22.05.2018 yildagi 21 (1241)-sonida, iyun oyi uchun 19.06.2018 yildagi 25 (1245)-sonida, iyul oyi uchun 24.07.2018 yildagi 30 (1250)-sonida, avgust oyi uchun 21.08.2018 yildagi 34 (1254)-sonida chop etilgan.