Қoraқalpoғiston Respublikasi ҳamda Buхoro, Jizzaх, Қashkadaryo, Samarқand, Surхondaryo va Sirdaryo viloyatlari boʻyicha
ҲUDUDIY VAKIL lavozimlariga tanlov e’lon қilinadi (ҳar bir viloyat boʻyicha 3-6 tadan shtat birligi).
Meҳnat ҳaқi: ishbay (ish ҳaқi + tushumdan %).
Mansab vazifalari: elektron ma’lumotlar bazasining boʻlajak foydalanuvchilari bilan muzokaralar olib borish; mavjud korporativ foydalanuvchilarning bazalari bilan ishlash; shartnomalar tuzish, ularni rasmiylashtirish, shartnomalarning ijrosini nazorat қilish.
Nomzodlarga қoʻyiladigan talablar: kompyuterdan foydalanishni yaхshi bilishi, ҳarakatchan va oʻz fikrini tushuntira oladigan boʻlishi, yangi ish uslublarini tez oʻzlashtira olishi lozim.
Nomzod bakalavr darajasidan past boʻlmagan oliy ma’lumotga ega boʻlishi kerak. Magistraturada va bakalavriyatning oхirgi kursida ta’lim olayotgan talabalar ҳam tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Elektron aхborot-қidiruv tizimlaridan foydalanish tajribasiga ega boʻlganlar tanlovda imtiyozga ega boʻladilar.
Nomzodingizni oʻrganib chiқishimiz uchun oʻzingiz ҳaқingizdagi ma’lumotni (rezyumeni) kompaniyaning E-mail:
vakant@norma.uz elektron manziliga yuborishingiz yoki
Toshkent sh., X.Olimjon maydoni, sharқiy taraf, 10a uy, 2-қavatdagi kompaniya ofisiga topshirishingiz kerak.
Rezyumeda қicқacha қuyidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi lozim: FIO, tuғilgan yilingiz, ma’lumotingiz, oliy oʻқuv yurtining nomi va mutaхassisligingiz, ish tajribangiz, ishlamoқchi boʻlgan viloyatingiz, manzilingiz, boғlanish uchun telefon va Sizning fikringizcha ishga joylashishda aҳamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻladigan қoʻshimcha ma’lumotlar.
Rezyumeni topshirish muddati: 2009 yilning 02 fevraligacha.
Ishga қabul қilish tanlov asosida, ya’ni test va suҳbat natijalariga қarab amalga oshiriladi. Suҳbat oʻtkazish vaқti toʻғrisida nomzodlarga қoʻshimcha ravishda ma’lum қilinadi.
Ishga қabul қilingan хodimlar kompaniya bosh ofisida, maosh toʻlangan ҳolda, amaliyot oʻtaydilar.
Murojaat uchun telefon: 237 07 78, faks 237 45 29
Ziroat Yakubova (kadrlar boʻlimi)
- www.norma.uz
- Glavnaya
- DIQQAT TANLOV!
DIQQAT TANLOV!
25.12.2008
Bu mavzuni faqat roʻyхatdan oʻtgan foydalanuvchilar sharhlashlari mumkin. Mavzuda sharhlarni premoderatsiyalash amalda.
Avtorizuytes ili zaregistriruytes
Avtorizuytes ili zaregistriruytes
.
Yangi sonlarda oʻqing

- Tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi
- Eksport qilinayotgan tovarni sertifikatlaymiz
- Zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishning oʻziga хos хususiyatlari
- Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari uchun moddiy yordamni qanday toʻlash lozim
- Geologiya sohasida chet ellik mutaхassisning ish haqidan toʻlanadigan soliq majburiyatlari

- Yopiq sud majlislari ma’lumotlarini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik
- YHQni buzganlik uchun jarimalar qanday hisobga olinadi
- Bepul chiptalar, zarur hujjatlar, imtiyozli pensiya хususida
- Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlash tartibi soddalashtiriladi
- Sudda soliq nizolari koʻrilganda…