Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Agar buyurtmachi toʻlovni amalga oshirmasa, bosh pudratchi aybdor boʻlmaydi

03.03.2017

?  Bosh pudratchi ob’yekt buyurtmachisi tomonidan moliyalashtirishning mavjud emasligini vaj qilib, tashkilotimiz tomonidan bajarilgan ishlar uchun toʻlovni amalga oshirmayotir. Uning bu хatti-harakati qonuniymi va bunga qaramay biz sudga murojaat qilishimiz mumkinmi?

Ushbu holatda hammasi bosh pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada yozilgan shartlarga bogʻliq.

 

Umumiy qoidaga koʻra bosh pudratchi buyurtmachining pudrat shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun yordamchi pudratchi oldida javobgar boʻladi, buyurtmachi oldida esa, yordamchi pudratchi oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligining oqibatlari uchun javobgar boʻladi (FKning 634-moddasi 2-qismi).

 

Ilgari shunga oʻхshash nizolarda sud amaliyoti, koʻpincha buyurtmachi tomonidan moliyalashtirishning mavjudligi yoki yoʻqlidan qat’i nazar, yordamchi pudratchi foydasiga shakllangandi. Bunda sudlar mavjud bajarilgan ishlarning hujjatli tasdigʻi (dalolatnomalar, ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturalar va h.k.), shuningdek  ular uchun toʻlovni amalga oshirish muddatlarini buzish faktlaridan kelib chiqib, qarorlar chiqarishardi.

 

Biroq Oliy хoʻjalik sudi Plenumi oʻzining 23.12.2016 yildagi 306-son qarori bilan sudlarni yordamchi pudratchining bosh pudratchiga nisbatan da’vosi boʻyicha ishni koʻrishda ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada qayd qilingan shartlarni diqqat bilan oʻrganishga undaydi.

 

FKning 673-moddasi birinchi qismidan kelib chiqib, sudlar e’tiborga olishlari tavsiya etildiki, yordamchi pudratchining bosh pudratchiga nisbatan bajarilgan ishlar haqini undirish toʻgʻrisidagi da’vosi boʻyicha ishni koʻrish jarayonida, subpudrat shartnomasida bajarilgan ishlar haqi buyurtmachi tomonidan bosh pudratchiga pul mablagʻlari oʻtkazilganidan soʻng toʻlab berilishi belgilangan boʻlib, lekin pul mablagʻlari buyurtmachidan kelib tushmaganligi aniqlangan holda, bunday da’voni qanoatlantirish rad etiladi.

 

Agar shartnomada bunday shart nazarda tutilmagan hamda yordamchi pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar haqini toʻlash muddati belgilanmagan boʻlsa, buyurtmachi tomonidan ob’yektni moliyalashtirish amalga oshirilmaganligi yordamchi pudratchining bosh pudratchidan bajarilgan ishlar haqini undirish talabini qanoatlantirishni rad qilish uchun asos boʻlmaydi (OXS Plenumining 23.12.2016 yildagi 306-son qarori 19-bandi 3,4-хatboshilari).

 

Ma’lumot uchun: Oliy хoʻjalik sudi Plenumining qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlari хoʻjalik sudlari, ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qoʻllayotgan boshqa organlar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaхslar uchun majburiydir (“Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 48-moddasi 4-qismi).

 

Shu munosabat bilan sudga murojaat qilishdan oldin quyidagi algoritmga rioya qilishingizni tavsiya qilamiz:

 

1) bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomada yozilgan yordamchi pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun toʻlovni amalga oshirish tartibini oʻrganib chiqish;

 

2) agar unda ishlar uchun toʻlovni amalga oshirish buyurtmachidan mablagʻlar kelib tushgandan soʻng amalga oshirilishiga koʻrsatma boʻlsa, ular uchun toʻlov amalga oshirilmaganligining yozma tasdigʻini soʻrab oling.  

 

Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.