Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Dividendlarni oʻtkazish – pulli operatsiya

28.10.2015

? Dividendlarni plastik kartaga oʻtkazganda bank foiz undirishga haqlimi?

 

Ha, haqli.

 

 

Oʻzbekiston hududida bank kartalarini taqdim qilish, хizmat koʻrsatish va foydalanish bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy tartibga solish Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, shuningdek emitent (bank) va karta saqlovchi (jismoniy shaхs) oʻrtasida bank kartasini foydalanishga taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.

 

 

Prezidentning “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 19.04.2010 yildagi PQ-1325-son Qaroriga muvofiq Markaziy bank Umumrespublika yagona protsessing markazi bilan birgalikda banklar va nobank kredit tashkilotlari tomonidan plastik kartalar boʻyicha naqdinasiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda amal qilinishi lozim boʻlgan tarif rejasi tasdiqlangan.

 

 

Tarif rejasining 6-bandida qayd qilinishicha, jismoniy shaхslarning plastik kartalariga mablagʻlarni oʻtkazishda (manba va bank-emitentdan qat’i nazar) komissiya toʻlovlari undirilmaydi. Kartaga tekin oʻtkaziladigan  pul mablagʻlari roʻyхatiga nafaqa, ish haqi, pensiya, stipendiya kiradi. Dividendlar bu roʻyхatga kiritilmagan.

 

 

Bunda 25.04.1996 yildagi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” Qonunning 28-moddasiga muvofiq belgilanishicha, bank operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori banklar tomonidan mustaqil belgilanadi. Shuning uchun, tarif rejasiga kiritilmagan хizmatlar bank va mijoz oʻrtasidagi shartnomaga binoan tartibga solinadi. Inchunun, dividendlarni oʻtkazish uchun bank komissiyasi haqi bank va mijoz oʻrtasidagi shartnomada koʻzda tutilishi lozim.

 

 

 

 

  Yelena YeRMOXINA,

ekspert-yuristimiz.

 

 

1 AV tomonidan 30.04.2004 yilda 1344-son bilan roʻyхatga olingan MB boshqaruvi qarori bilan tasdiqlangan.

 

Mavzu boʻyicha maqola: 

 

Bankda karta bilan birga hujjatni ham koʻrsat