Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investorlar uchun imtiyozlar saqlab qolinadi

05.10.2016

Bizning tashkilot toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy хorijiy investitsiyalar jalb etuvchi korхonalar qatoriga kiradi, unga soʻnggi tasdiqlangan imtiyozlar taalluqlidir. Agar investitsiyalash sohasida oʻzgarishlar boʻlsa, ular bizga ham ta’sir etadimi yoki yoʻqmi?

Yoʻq, ta’sir etmaydi. Investitsiyalash sharoitlari yomonlashgan taqdirda keyinchalik qonunchilikda joriy etiladigan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat mobaynida amalda boʻladi. 

Masalan, agar sizning tashkilotingizga daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz 2020 yilgacha taqdim etilgan boʻlsa, investitsiyalash boʻyicha qonunchilik oʻzgargan taqdirda ham imtiyoz 2020 yilgacha amal qilaveradi.

 

Ammo ikkita istisno holat mavjud:

 

- birinchidan, agar sizning tashkilotingiz imtiyoz belgilangan vaqtda oʻrnatilgan talablarga javob bermagan boʻlsa va bu holat oʻsha vaqtda aniqlanmagan boʻlsa.  Bunday vaziyatda siz imtiyoz boʻyicha ozod etilgan soliq va majburiy toʻlovlarni toʻlashingiz kerak. Shuningdek, sizga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanishi ham ehtimoldan holi emas;

 

- ikkinchidan, agar tashkilotingizning faoliyati imtiyozlar taqdim etilgandan keyingi bir yil muddat ichida tugatib yuborilgan boʻlsa. Ushbu holatda  sizning хorijiy investoringiz taqdim etilgan soliq imtiyozlari summasini byudjetga qaytargan taqdirdagina  foydasini repatriatsiya qilishi va oʻz kapitalini chet elga olib chiqishi mumkin boʻladi.

 

 

Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz