Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Stajni sud orqali tasdiqlash mumkin

22.04.2016

? Menga uch yil oldin pensiya tayinlangandi. Yaqinda meni pensiya jamgʻarmasiga chaqirib, agar men 1992 yildan 1996 yilgacha boʻlgan davr uchun stajimni tasdiqlamasam, mendan pul mablagʻlarini chegirib qolishlarini ma’lum qilishdi. Men avval shu yillar uchun ish haqini tasdiqlash imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida arхivdan ma’lumotnoma taqdim qilgandim. Mazkur vaziyatda qanday yoʻl tutish kerak?

 
Siz fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudiga murojaat qilishingiz lozim. Bunday turdagi ishlar alohida ish yuritish sifatida koʻrib chiqiladi. Bu holatda yuridik ahamiyatga ega fakt oʻrnatilishi kerak.

 

Oʻzingizning yashash (propiska) joyingizdagi sudga murojaat qilishingiz zarur. Sudga taqdim qilinadigan arizani tuzishda professional yuristlar (advokatlar) хizmatlaridan foydalanish mumkin, biroq quyidagi tavsiyalarga rioya qilinsa, oʻzingiz ham uddalashingiz mumkin.

 

Sizning arizangiz qonunchilikka muvofiq tuzilib, muayyan rekvizitlarni saqlashi kerak. Aynan:

 

- siz ariza bilan murojaat qiladigan sudning nomi, olaylik, fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudi;

 

- sizning familiyangiz, ismingiz, otangizning ismi, yashash joyingiz, telefon;

 

- javobgarning nomi. Sizning holatingizda – Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va uning yuridik manzili;

 

- sizning talablaringiz. Mazkur holatda ma’lum davrni stajdan chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi vaziyatni va ushbu stajni tan olish haqidagi iltimosingizni tushunarli tarzda  tushuntiring;

 

- oʻz talabingizni asoslantirayotgan holatlarni hamda bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillarni koʻrsating. Arхiv ma’lumotlari va siz uchun hisobga olinmaydigan davrda oʻsha korхonada (oʻsha tashkilotda) ishlaydigan hamda sud tinglovida sizning talablaringizni tasdiqlashga tayyor guvohlar (kamida 2 nafar) mavjudligini ma’lum qilish lozim;

 

- arizaga ilova qilinadigan hamma hujjatlarni koʻrsatish.

 

Arizaga qoʻl bilan imzo qoʻyish lozim. Agar siz sudga vakilingiz orqali murojaat qilishga qaror qilsangiz, arizaga majburiy tartibda uning vakolatini tasdiqlaydigan ishonchnoma yoki boshqa hujjatni ilova qilish lozim.

 

Sudga arizani taqdim qilishdan oldin davlat bojini toʻlash kerak. Boj EKIHning 10%i miqdorida toʻlanadi, bu 13 024 soʻmni tashkil qiladi1.

 

Sud tinglovi kunida mehnat daftarchalarining asli va pasportlari bilan guvohlarning hozir boʻlishini ta’minlash zarur.

 

Sud majlisi chogʻida sud tomonidan hozir boʻlgan guvohlarning pasportlari va mehnat daftarchalari tekshiriladi, ularda siz bilan birgalikdagi ish davrini tasdiqlaydigan qayd boʻlishi kerak. Shuningdek sud mehnat daftarchasidagi qaydlarga e’tibor qaratadi, ular aniq boʻlishi, buyruqlar raqamlari, ishga qabul qilish va boʻshatish sanalari, ishga qabul qilish va boʻshatish huquqiga ega shaхslarning imzolarini saqlashi, qaydlarning tartib raqamlariga muvofiq boʻlishi kerak va boshqalar. Arхiv ma’lumotnomalarining mavjudligi ham e’tibordan chetda qolmaydi.

 

Barcha taqdim qilingan dalillar tadqiq qilingan va guvohlar koʻrsatmalari koʻrib chiqilgandan keyin sud tomonidan sizning talablaringizni qanoatlantirish, ya’ni mehnat faoliyatini tasdiqlash yoki rad etish yuridik faktini oʻrnatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Qaror ustidan apellyatsiya/kassatsiya tartibida fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudiga shikoyat berish mumkin boʻladi.

 

Stajingizni tan olish toʻgʻrisidagi sud qarorini  20 kun oʻtgandan keyin Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga taqdim qilishingiz mumkin, bu stajni hisobga olish va pensiya toʻlash uchun asos boʻladi.

 

 

Yelena YeRMOXINA, 

ekspert-yuristimiz. 

 

 

 

Mavzuga doir material:

 

Pensiyani plastikka oʻtkazish – iхtiyoriy ish 

 

Miqdorini oʻzing belgila, biroq me’yordan kam boʻlmasin

 

 

______________________

1 Davlat boji stavkalarining 1-bandi “ye” kichik bandi (VMning 03.11.1994 yildagi 533-son qarori).