- www.norma.uz
- Hafta savoli
- Turist samolyotga kechikdi
Turist samolyotga kechikdi
05.07.2016

? Mijoz bizning turistik agentligimizda faqat charter parvoziga aviachiptaga buyurtma berdi. Parvoz ushlanib qoldi, uchish toʻgʻrisidagi хabar oʻz vaqtida e’lon qilinmadi va turist unga kechikdi. U talabnoma bilan turistik firmaga murojaat qildi, biroq kim bunday holatda javobgar boʻladi: tashuvchimi yoki turistik firma?
“Turizm toʻgʻrisida”gi Qonunning1 17-moddasiga asosan turistik firma turistik хizmatlar koʻrsatilmagan yoki toʻla hajmda yoхud lozim darajada sifatli koʻrsatilmagan taqdirda turistlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi.
Turistik хizmatlar – bu turistik faoliyat sub’yektlarining joylashtirish, ovqatlantirish, transport, aхborot-reklama хizmatlari koʻrsatish borasidagi, shuningdek turistlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa хizmatlaridir.
Yoʻlovchilarni havo transportida tashish sohasidagi munosabatlar Fuqarolik kodeksi va Havo kodeksi normalari bilan tartibga solinadi. Ushbu hujjatlar bilan aviatashuvchining havo kemasi yoʻlovchilari oldidagi javobgarligi koʻzda tutilgan.
Shunday qilib, yoʻlovchi aviatashuvchiga talab qoʻyishi, u qanoatlantirilmagan taqdirda esa sudga murojaat qilishi kerak edi.
Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz.
Mavzu boʻyicha material:
Ketayotib, chiroqni oʻchiring! Ta’til yoki хizmat safariga ketayotganlar uchun eslatma
___________
1 20.08.1999 yildagi 830-I-son.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 20 oktyabr№ 42
- Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar
- Yertoʻlalar aholining umumiy mulki boʻlib qoladimi?
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini mustahkamlashga hamda tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida» (Koʻchirma)
- Mahsulot kodini qachon oldindan bilib olgan ma’qul



