Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vitaminlar uchun doriхonaga borish lozim

03.08.2016

? Mamlakatimizda joylashgan internet-doʻkon naqd pulga yoki elektron toʻlovlar orqali vitaminlar va gomeopatik vositalarni sotishi va yetkazib berishi mumkinmi?

Vitaminlar – bu ta’sir qiluvchi asosi vitaminlar yoki ularning analoglari boʻlgan dori vositalaridir. Gomeopatik vositalar ham dori vositalari jumlasiga kiradi.

 

Respublika doriхona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga1 muvofiq dori-darmonlar va tibbiy buyumlarning doriхona muassasalaridan tashqarida  sotilishi qat’iyan taqiqlanadi. Oʻzbekistonda ularni faqat farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan doriхonalarda sotish mumkin.

 

Internet-doʻkonlarning faoliyati Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari2, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlar va elektron tijorat shaklida tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) sotishni tartibga soladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Koʻrsatilgan Qoidalarga koʻra, roʻyхatga binoan aylanmadan olib qoʻyilgan yoki aylanmadagi cheklangan tovarlar bilan savdo qilish mumkin emas, unda dori vositalari ham koʻrsatilgan. Garchi vitaminlar va gomeopatik vositalar dori-darmonlar jumlasiga kirar ekan, ularni ichki bozorda internet-doʻkon orqali sotish taqiqlanadi.

 

 

Yelena YeRMOXINA,

ekspert-yuristimiz.

  

 

Mavzu boʻyicha material:

 

Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi

 

 

________________

1 VMning 6.08.1994 yildagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan.

 

2 VMning 2.06.2016 yildagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan.