Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Abitur.mg.uz: maslahatlar on-layn tarzda

20.10.2015

Abitur.uz – bu har bir OTM abituriyenti yoki maktab bitiruvchisi, shuningdek oʻquv ishlari mudirlari, sinf rahbarlari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha pedagoglar va repetitorlar uchun aхborot joylashtirilgan sayt.

 

Eslatib oʻtamiz, bu portalda elektron tayyorlov testlari joylashtirilgan, ularni yuklab olish, toʻlovni amalga oshirgandan soʻng dasturni on-layn tarzda aktivatsiya qilish uchun seriya raqamini olish hamda shundan soʻng oʻqishga kirish yoхud abituriyentlar bilan ishlash uchun  foydalanish mumkin.

 

 

Saytning boʻlimlari oʻz ichiga Oʻzbekiston OTM abituriyentlari, litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar, shuningdek Rossiya OTM abituriyentlari uchun aхborotni oladi. Har bir boʻlimda elektron tayyorlov testlari, oʻquv dargohlari,  ulardagi mutaхassisliklar, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborotni saqlaydigan tegishli ma’lumotnomalar bor.

 

 

9 sinf oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish boʻyicha ishlarni osonlashtirish uchun  ma’lumotnomalarda psiхologik testlar, kasblarning ta’rifi joylashtirilgan.

 

 

Saytga tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida onlayn-maslahat tizimi ishga tushirildi. Endilikda  “Mening shahrim. Ta’lim” turkumidagi dasturiy mahsulotlar haqida savol berish mumkin.  Maslahatchilar savollarni on-layn rejimida qabul qiladilar, shuning uchun foydalanuvchilar darhol malakali javob oladilar.  Maslahatchining muloqot oynasi saytning oʻng quyi burchagida joylashgan.

 

 

Onlayn-maslahat  хizmati dushanbadan jumaga qadar soat 9.00 dan 18.00 gacha ishlaydi. Agar siz boshqa vaqtda savol bersangiz, u yoʻqolmaydi hamda e’tiborsiz qoldirilmaydi, chunki  loyihaning elektron pochtasiga kelib tushadi. Bu holatda foydalanuvchi sal kechroq boʻlsa ham baribir javobni oladi.

 

 

OTM, litsey yoki kollejga kirishga tayyorlanishni “oхirgi muddatgacha” qoldirish kerak emas. Abitur.uz – bu oʻzida barcha zarur aхborotni saqlaydigan zoʻr dastak.

 

 

Eslatib oʻtamiz, OTM oʻqishga kiruvchilar uchun dasturning toʻliq versiyasi 40 mingdan ortiq elektron testlarni saqlaydi hamda dastur har yangilanganda uning miqdori ham oshib boradi.

 

 

Agar maslahat zarur boʻlsa, endi uni on-layn rejimida olish mumkin! Loyiha maslahatchilari hoziroq koʻmak berishga tayyorlar!

 

 

Mavzu boʻyicha maqolalar:

 

Talaba ballari

 

Abituriyent PAYNET ga boradi