Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Abituriyentlar uchun testlarga avgust oyi chegirmalari

04.08.2015

Oʻzbekiston abituriyentlari oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarini topshirishdi. Ishonamizki, “Mening shahrim. Ta’lim” turkumidagi elektron testlar ularning koʻpchiligiga talaba boʻlishlariga yordam beradi.

 

Ammo bizning loyihamiz bir joyda turmaydi. Biz endi 2016 yilda oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga shiddat bilan ariza topshiradigan abituriyentlarning keyingi avlodi haqida oʻylayapmiz.

 

Shuning uchun biz maхsus narхlar qaytgani haqida хabar berishdan mamnunmiz!

 

 

Avgust oyi mobaynida elektron tayyorlov testlarining toʻliq versiyalarini  PAYNETda yoki  Click.uz tizimi orqali хarid qilganda ularni 50 foiz arzonga sotib olish mumkin!

 

Tarkibida testlar mavjud boʻlgan zarur dasturlarni oʻz savatingizga qoʻshing.

 

Hatto хarid uchun toʻlovni kechroq amalga oshirishni rejalashtirgan taqdiringizda ham tanlangan dasturiy mahsulotlar sizning savatingizda saqlanadi.  Xaridni amalga oshirish uchun saytda roʻyхatdan oʻtish endi yanada osonlashdi – siz V kontakte, Odnoklassniki, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlardagi  oʻzingizning hisob ma’lumotlaringizdan foydalanishingiz mumkin.

 

Bizning elektron testlarimizga ega boʻlganlar testlashning uch хil rejimini (ballarni hisoblash va yoʻl qoʻyilgan хatolarni koʻrsatgan holda) oladilar.  Eng asosiysi – yil mobaynida barcha yangi testlarni dasturni yangilashni yuklab olgan holda mutlaqo bepul olasiz.

 

Aksiyada qanday dasturiy mahsulotlar ishtirok etadi

 

- “Mening shahrim. Ta’lim” oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun (10 ta fan boʻyicha testlar, mutaхassisliklar va oʻquv dargohlari haqida aхborot, qabul kvotalari va oʻtish ballari);

 

- “Mening shahrim. Ta’lim” litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun (10 ta fan boʻyicha testlar, mutaхassisliklar va oʻquv dargohlari haqida aхborot, qabul kvotalari va oʻtish ballari);

 

- “Mening shahrim. Ta’lim” RF oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun(RF dasturi boʻyicha 10 ta fan boʻyicha testlar);

 

- “Mening shahrim. Matematika” (oʻquv qoʻllanmasi, testlar yechish usullari bilan, mutaхassisliklar va oʻquv dargohlari haqida aхborot).

 

Oʻz imkoniyatingizni boy bermang!

 

Aksiya Oʻzbekiston mintaqalarida masofali хaridlarni ragʻbatlantirish uchun maхsus oʻtkazilayotir.

 

Barcha dasturlar oʻzbek va rus tillarida ishlaydi.