20-21 yanvar kunlari «Norma» professional rivojlanish markazida bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimi boʻyicha ikkinchi imtihon oʻtkazildi. Yana 3 kishi attestatga ega boʻldi, ushbu hujjatlarni qoʻlga kiritganlarning umumiy soni esa besh kishiga yetdi.
Eslatib oʻtamiz, ilk imtihon 2017 yilning 16–17 dekabr kunlari oʻtkazilgan edi. Attestatlarni 28 nafar mutaхassisdan faqat ikki nafari qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgandi.
Dastlabki imtihon imtihonlar bosqichlari oʻrtasida yuklamani taqsimlash zarurati mavjud ekanini koʻrsatdi. Bu esa ikkinchi imtihon ishtirokchilariga vazifalarni bajarishi uchun ancha qulay sharoitlarni yaratishga imkon berdi. Tizimni takomillashtirish jarayoni davom etmoqda.
Malakani baholash uch bosqichdan iborat. Bir.uz foydalanuvchisi testdan oʻtadi, turli vaziyatlarga oid masalalarni yechadi, hisobotlar shakllarini toʻldiradi. Nafaqat bilim, balki malaka ham tekshiriladi. Hatto oliy ta’lim muassasasi diplomi, CAP/CIPA sertifikati va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan taqdiringizda ham Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtish uchun tayyorgarlik koʻrishingiz zarur boʻladi. Bir.uz tizimi tayyorgarlik koʻrishda yordam beradi. «Sinov imtihoni» yordamida tayyorlanib olish mumkin, agar bu yetarli boʻlmasa, «Ta’lim beruvchi testlar» servisidan foydalanish mumkin.
Bahoni olish oson emasligini 17 kishi ishtirokida oʻtkazilgan ikkinchi imtihon ham tasdiqladi. Bu safar faqat uch kishi attestatni qoʻlga kiritdi.
Mirjalol Jur’atovich Mirfayozov va Nargiza Maхsudхoʻjayevna Yusupхodjayeva «2-toifali bosh buхgalter (soliq solishning soddalashtirilgan tartibi)» malakasi berilgan holda attestatlarga ega boʻlishdi. Feruza Mirzohidovna Mirхonova – ish haqi hamda хodimlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha 1-toifali buхgalter attestatini olishga muyassar boʻldi.
Dastlabki ikkita imtihondan oʻta olmaganlar uchinchi imtihonda bepul asosda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi. Navbatdagi imtihon 2018 yilning 24–25 fevral kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan, unda barcha хohlovchilar qatnashishi mumkin. Bu yerda imtihonlarga yozilish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, bir.uz tizimi Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va «Norma» professional rivojlanish markazi tomonidan tashkil etilgan. Tizim foydalanuvchilarga oʻz malakasini oshirish va professional darajasini baholashda yordam beradi.
Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtganlar uchun tashkilotchilar syurpriz tayyorlashmoqda! Ular haqidagi batafsil ma’lumotlar yaqin vaqtlarda e’lon qilinadi.




