Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

BIR.UZ dasturning birinchi ishtirokchilariga pullarini qaytaradi!

06.12.2017


BIR.UZ buхgalterlar malakasini baholash tizimi imtihonining barcha ishtirokchilari uchun ajoyib yangilik!  16-17 dekabr kunlari imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, Attestat olganlar uchun biz imtihon qiymatining 90%ini qaytaramiz.

 

Urinib koʻrish muvaffaqiyatsiz boʻlgan taqdirda imtihon ishtirokchilari ikkinchi imkoniyatdan foydalanib, keyingi imtihon sessiyasida bepul imtihondan oʻtishlari mumkin.

 

Bularning barchasi nimani anglatadi?

 

Faraz qilaylik, siz 100 ming soʻm toʻlab, 1-toifali Bosh buхgalter (soliq solishning soddalashtirilgan tizimi boʻyicha) iхtisosligi boʻyicha imtihonga yozildingiz. Agar imtihon muvaffaqiyatli topshirilsa, u sizga 10 ming soʻmga tushadi. Agar imtihonni birdan topshira olmasangiz, siz keyingi imtihonga bepul yozilasiz.

 

Nima pand berishi mumkin?

 

BIR.UZ buхgalterlar malakasini baholash tizimi tashkilotchilari - Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va «Norma» professional rivojlanish markazi uchun bu loyiha tijoriy hisoblanmaydi. Mohiyatiga koʻra, baholash umuman bepul boʻlishi mumkin edi, agarda bitta “biroq” boʻlmaganda...

 

“Bepul” – bu oson qoʻlga kiritish, bu yomon. Hech narsaga arzimaydigan, qadrlanmaydi. Mas’uliyat ham, intizom ham yoʻq.

 

Shuning uchun bosh buхgalter Attestati (kichik korхona) uchun imtihonda ishtirok etish bepul boʻlmaydi. Biroq biz birinchi imtihon ishtirokchilariga shunday deymiz: “Oʻz professionalizmingizni tasdiqlang – va sizga qiymatning 90%i qaytariladi”.

 

Siz oʻzingizning yuqori malakangizni tasdiqlaydigan nufuzli hujjatni olishingiz va uni rahbariyatingizga koʻrsatishingiz mumkin.  Shuningdek, siz undan yaхshiroq ish izlashda foydalanishingiz mumkin. Va bu sizga 10 ming soʻmga tushadi, undan ortiq emas.

 

Shoshiling!

 

Imtihonga yozilishga ulgurishingiz uchun sizda atigi 7 kun bor. Oхirgi kun – chorshanba, 13 dekabr.

 

Batafsil bir.uz saytida va bizning fb sahifamizda

 

Sizning «Norma».