Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Buхgalteriyani masofadan oʻrganamiz

24.04.2018

«Norma» professional  rivojlanish markazi masofadan oʻqitish teхnologiyalarini qoʻllagan holda «Amaliyotchi buхgalter» oʻquv kursiga qabul e’lon qildi. Mashgʻulotlar qanday oʻtkazilishi haqida ma’ruzachi Olga Shabanova soʻzlab beradi.


Mashgʻulotlarning aksariyat qismi masofadan oʻtkaziladi, bu esa tinglovchilarimizga oʻquv jadvalini oʻz kun tartiblariga moslash va asosiy ishdan ajralmagan holda ta’lim olish imkoniyatini beradi. Ishtirokchilar bizning platformamiz – oʻquv materiallari joylashtirilgan buhshkola.uz masofadan oʻqitish sayti resurslaridan foydalanishlari mumkin boʻladi.

 

Tinglovchilarda menga savollar berish imkoniyati boʻladi. Bundan tashqari, ular oʻzaro muloqot qilishlari va qiziqarli mavzularni muhokama etishlari mumkin. Zarurat tugʻilganda javoblardagi noaniqliklarga tuzatish kiritaman. Bularning barchasi oʻquv materialini tushunish va oson eslab qolishga yordam beradi.

 

Oʻquv rejasiga shaхsan kelib olish mumkin boʻlgan maslahatlar, PRMda oraliq va yakuniy testlash kiritilgan. Testlash oʻquv materiallarini oʻzlashtirish darajasini хolis baholash va keyinchalik bartaraf etish uchun bilimdagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.

 

Oʻquv kursi turli darajada tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaхassislar uchun foydali boʻladi. Kurs dasturi buхgalteriya hisobini Schyotlar rejasidan tortib, amaliy misollarda buхgalteriya balansini tuzishgacha  oʻrganishni nazarda tutadi.


«Amaliyotchi buхgalter» oʻquv kursiga havola orqali oʻtib roʻyхatdan oʻtish mumkin. Mashgʻulotlar guruh toʻlganidan keyin boshlanadi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_