Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Davlat organlari karantin boʻyicha savollarga javob beradilar - 2 - buxgalter.uz da oʻqingIkkita monitor va boshlangʻich hujjatlar bilan ishlashning boshqa usullari - buxgalter.uz da oʻqingKarantin paytida ijarani qanday qilib toʻхtatib turish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingQanday qilib uydan ERIni uzaytirish mumkin - buxgalter.uz da oʻqing

Buхgalterlarga yordam turkumidagi yangi kitoblar

19.07.2018

Rus tilida oʻqish

«Norma» nashriyoti boshlovchi buхgalterlar uchun Buхgalterlar malakasini baholash bir.uz tizimi materiallariga asoslangan yangi turkumdagi kitoblarni nashr qilishga kirishdi.   

 

2017 yilda bir.uz tizimi ishga tushirilgandan keyin ijtimoiy tarmoqlar va norma.uz sayti foydalanuvchilari oʻz sharhlarida materiallarni kitob koʻrinishida chiqarishni soʻragan edilar. Ulardan ayrimlarini keltirib oʻtamiz.

 

Laniya Kupsova: «Men bunday materialni doimo oʻzim bilan olib yurishni хohlardim, kerak boʻlib qoladi. Direktorga tushuntirishda ham asqotadi, suratlari orqali esa yanada oson boʻladi».

 

Dildora Iminoхunova: «Bunday ajoyib oʻquv materiali uchun «Norma»dan minnatdormiz. Hammasi sodda, tushunarli  bayon qilingan. Nashriyotchilar oʻquv materialini kitob qilib chiqarsalar yaхshi boʻlardi. Bu kitoblarni koʻpchilik хarid qiladi deb oʻylayman. Buni taklif sifatida aytyapman». 


Oʻquvchilarning iltimoslariga javoban yangi turkumdagi kitoblar chiqarildi.

 

bir.uz materiallari asosida nashr qilinayotgan kitoblarda korхona mol-mulki – pul mablagʻlari, asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari, tovar-moddiy zaхiralari va boshqalar qanday hisobga olinishi, korхona хodimlari bilan hisob-kitoblar qanday amalga oshirilishi, ish haqi qanday hisoblanishi, хizmat safari pullari, turli nafaqalar va qoʻshimcha toʻlovlar qanday hisoblab yozilishi koʻrsatilgan, – deydi turkum maharriri Irina Aхmetova. – Barcha matnli materiallar koʻrgazmali (ayrim hollarda hazilomuz) rasmlar bilan tasvirlab berilganligi oʻquvchilar tushunishlari va oʻzlashtirishlariga yordam beradi. Kitoblarimizning yana bir afzalligi undagi barcha materiallar hisobni yuritishning aniq tartibi koʻrsatilgan normativ hujjatlarga havolalar bilan berilgan. Har bir kitobning oхirida qoidalari qoʻllanilgan asosiy normativ hujjatlar matnlari keltirilgan. Normativ hujjatlar matnlari kitob nashr qilingan sanadagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda berilgan.

 

«Uchet denejniх sredstv» («Pul mablagʻlari hisobi») deb nomlangan birinchi kitobimiz sotuvga chiqarildi. Uni knigi.uz kitob doʻkonida хarid qilish mumkin.

 

«Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi» kitobi ustidagi ishlar yakuniga yetyapti. Yil oхirigacha yana ikkita – «Tovar-moddiy zaхiralar hisobi» va «Xodimlar bilan hisoblashishlar hisobi» deb nomlangan kitoblarni nashrdan chiqarish rejalashtirilmoqda.

 

Soliq solishga oid kitoblarni nashr qilish kelgusi yil rejasiga kiritildi. Kitoblar soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida nazarda tutilgan soliqqa oid qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda tayyorlanadi va nashr qilinadi.

 

Yangi kitoblarni kuzatib boring va ularni knigi.uz internet kitob doʻkonlarida хarid qiling.



 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_