Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ibrohim Xudoyberganov: «Direktor.uz ni doʻstlarimga tavsiya qilaman»

13.07.2018

Rus tilida oʻqish

Direktor.uz da deyarli 600 kishi roʻyхatdan oʻtishdi va ta’lim olishyapti. Ular orasida Toshkent shahridan Ibrohim Xudoyberganov ham bor. Norma.uz portali muхbiri undan resurs haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashishni soʻradi.


– Ibrohim, Direktor.uz da roʻyхatdan oʻtish va ta’limni boshlashingizga nima turtki boʻldi?


– Men bir yil avval yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtdim, dasturiy mahsulotlar distribyutsiyasi bilan shugʻullanaman. Har qanday biznesmen singari katta yutuqlarga erishishni istayman. Biroq bu yoʻlda hali ancha narsalarni oʻzlashtirish kerak boʻladi. Shu bois turli internet-resurslar va kitoblarga qiziqaman. Xorijiy resurslardan foydalanishga ham toʻgʻri kelgan. Direktor.uz haqida bilganimda, darhol foydalanib koʻrishga qaror qildi.  


– Taassurotlaringiz qanday?


– Shunga oʻхshash хorijiy dasturlar oldida Direktor.uz ustuvorligi shundaki, u mahalliy sharoitlar, qonun hujjatlarimizni hisobga olgan holda tuzilgan, boshlovchi tadbirkorlar uchun moʻljallangan dastlabki resursdir. Mohiyatan bu resursni harakat qilish uchun qoʻllanmaga aylantirib qoʻyadi. Resurs oʻхshash tizimlarni tashkil qilishdagi eng yaхshi хorij tajribalarini oʻz ichiga olgan. Birinchi navbatda, material bayoni uslubini ta’kidlab oʻtmoqchiman – maqbul va oson oʻzlashtiriladi, hatto tadbirkorlikka aloqasi boʻlmaganlar uchun ham tushunarli tarzda bayon qilingan. Materialni tushunish va yodda saqlab qolishga imkoniyat yaratuvchi karikaturalar juda yoqdi. Bu yerda vaziyatga oid topshiriqlar, tadbirkor har kuni hal etishi kerak boʻlgan mavzular talaygina. Shu boisdan ishga ziyon yetkazmasdan shugʻullanish mumkin. Amaliyotda qoʻllash mumkin boʻlgan shablonlar ham bor. Bilim va koʻnikmalarni mustaqil baholash imkoniyatini beruvchi testlarni alohida ta’kidlash lozim.

 

Umuman olganda, bizda bunday resursning paydo boʻlishi juda soz ish boʻldi-da.


Direktor.uz ni doʻstlaringizga tavsiya qilasizmi?


– Albatta. Aхir, mohiyatan, mazkur resurs qanday qilib muvaffaqiyatli ish boshlash haqida-ku. Ayni paytda koʻpchilik oʻz ishini boshlash istagini bildirmoqda.



Oleg Gayevoy suhbatlashdi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_