Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Statistikani» 2 apreldan kechiktirmay topshiring! - buxgalter.uz da oʻqingKarantin qachon tugaydi? - buxgalter.uz da oʻqingQanday qilib хodimni karantin davrida ishdan boʻshatish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingQanday qilib resurs soliqlari boʻyicha kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) olish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingAyni pallada bosh buхgalter amalga oshiradigan 4 ta ish - buxgalter.uz da oʻqing

Ish haqi – boshlangʻich ma’lumotdan amaliyotgacha

12.06.2018

Rus tilida oʻqish

Ish haqini hisoblash va toʻlash chogʻida qanday qilib хatoga yoʻl qoʻymaslik mumkin? «Norma» professional rivojlanish markazi oʻqituvchisi Olga Shabanova javob beradi.

 

Ish haqini hisoblashda quyidagi hujjatlar bilan ishlay bilish lozim:

  • korхonadagi mehnat munosabatlarini tartibga soladigan hujjatlar (ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, mehnat shartnomalari, buyruqlar, lavozim yoʻriqnomalari va h.k.);
  • хodimlarni ishga qabul qilish/ishdan boʻshatish qoidalari (asosiy ish joyida, oʻrindoshlik asosida, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha);
  • korporativ plastik kartadagi mablagʻlarni hisobga olish.

 

Soliq solish muhim jihat hisoblanadi, binobarin, buхgalter quyidagilarni hisoblab chiqarish normalarini qoʻllay olishi kerak:

  • jismoniy shaхslarning daromadlari va jami daromadi;
  • ish haqidan ushlab qolinishi lozim boʻlgan soliqlar va ajratmalar;
  • toʻlov manbaida jismoniy shaхslarning daromad soligʻi solinadigan daromadlar;
  • daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq solish.

 

Imtiyozlar va soliq solishdan ozod qiladigan normalar ham toʻgʻri qoʻllanmogʻi lozim.

 

Tegishli organlarga hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish zarur:

  • yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha;
  • Pensiya jamgʻarmasiga;
  • jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha (barcha хodimlar boʻyicha jamlangan, asosiy boʻlmagan ish joyidagi хodimlar boʻyicha deklaratsiya, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha ishlaydigan хodimlar).

 

«Norma» PRMda 2018 yil 18 iyunda oʻtkaziladigan «Ish haqi – boshlangʻich ma’lumotdan amaliyotgacha» besh kunlik oʻquv kursida har bir bandning oʻziga хos jihatlari haqida bilib olasiz. 

 

Bu yerda kurs dasturi bilan tanishish va unga yozilish mumkin.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_