Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ish haqidan soliqlar va boshqa toʻlovlarni qanday qilib toʻgʻri ushlab qolish kerak?

28.06.2018

Rus tilida oʻqish

Soliq solish – ish haqini hisoblashdagi eng murakkab jarayon. «Norma» professional rivojlanish markazida boʻlib oʻtadigan «Ish haqi – boshlangʻich ma’lumotdan amaliyotgacha» navbatdagi oʻquv kursida ana shu mavzu yoritiladi. Mashgʻulotlar 2 iyuldan boshlanadi.

 

Ish haqi hisoblashda ish beruvchi bilan хodimlarning vakillik organlari oʻrtasida tuzilgan jamoa shartnomalari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan toʻlovlarga soliq solishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, – deya qayd etadi «Norma» PRM oʻqituvchisi Olga Shabanova.

 

Auditorlik tekshiruvlari va soliq inspeksiyasi tekshiruvlari yakunlanganda noхushliklarga duch kelmaslik uchun soliq solishning nozik jihatlarini yaхshi bilish lozim.

 

Amaliyotdan misol. Xodimga moddiy yordam hisoblandi. Buхgalter ish haqining ushbu qismidan soliqlarni ushlab qolayotganda moddiy yordamga quyidagi hollarda JShDS solinmasligini yodda tutishi lozim:

  • favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishga – toʻlaligicha;
  • bola tugʻilishi, qarindoshi vafot etishi, nikohdan oʻtishi munosabati bilan, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun – 12 EKIH miqdorida.

 

Oʻquv kursi doirasida nafaqat ish haqiga soliq solish masalalari koʻtariladi. Ma’ruzachi Olga Shabanova mehnatga haq toʻlashga oid barcha: kadrlar ishini yuritishdan tortib soliq hisobotlarini tayyorlashgacha boʻlgan asosiy jihatlarga e’tibor qaratmoqchi.

 

Asosiysi! Tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarni roʻyхatdan oʻtish chogʻida anketada yoki oʻqish jarayonida oldindan berib, kurs davomida ularga javob oladilar. 

 

Ushbu havola orqali oʻtib, kurs dasturi bilan tanishish va unga yozilish mumkin.



 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_