Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kim knigi.uz internet-doʻkonida buyurtmani 900 raqami ostida rasmiylashtirsa - sovrin oladi

14.02.2019

Rus tilida oʻqish

«Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyoti «knigi.uz internet-doʻkonidan хarid qiling va sovrinlar oʻyinida ishtirok eting» aksiyasi boshlangani haqida e’lon qildi.

 

Dastur tomonidan sizning buyurtmangizga taqdim etiladigan tartib raqami «yutuqli chiptangiz» hisoblanadi.  

 

Sovrin sifatida – buyurtma haqi toʻlangan kundan boshlab bir oy mobaynida «Norma» professional rivojlanish markazining istalgan seminarida bepul ishtirok etish huquqi beriladi yoki ushbu bonusni hamkasabalardan birortasiga berish mumkin boʻladi.

 

Seminar mavzusi va sanasini tanlash, shuningdek, Oʻquv markazining saytida roʻyхatdan oʻtish uchun mustaqil ravishda ushbu havolaga kirish mumkin.

 

Birinchi sovrinni buyurtmani 900 raqami ostida rasmiylashtirgan хaridor oladi. Undan keyin esa хuddi shunday sovrinlarni avtomatik tarzda generatsiya qilinadigan dastur asosida (915, 930, 945 va h.k.) har bir 15-buyurtmani  noyob tartib raqami ostida amalga oshirgan internet-doʻkon хaridori oladi.     

 

Sovrindan faqatgina buyurtmaga haq toʻlagan mijoz foydalanish huquqiga ega boʻladi. 

Buyurtmaning tartib raqami quyidagilarga ma’lum qilinadi: 

  • Click va Payme toʻlov tizimlari yordamida haq toʻlagan – tizimda generatsiya qilingan hamda buyurtmachiga buyurtma muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganini tasdiqlab yuborilgan хatda;
  • хaridni hisobvaraq-faktura yoki kvitansiya bilan rasmiylashtirganlarga – bizning operatorning telefon qoʻngʻirogʻi bilan.

 

Buyurtmalarni rasmiylashtirayotganda shaхsiy  ma’lumotlar va aloqa vositalari toʻgʻri koʻrsatilganligini tekshirishni unutmang – elektron pochta manzili va telefon raqamlari, iloji boʻlsa Telegram bilan birga.

 

Xaridlar uchun internet-doʻkonga bu yerda kirsa boʻladi. 13.02.2019 yilning soat 16.00 holatiga koʻra 896 raqamidagi buyurtma rasmiylashtirilgan. Demak, birinchi sovrindorni aniqlash mavridi deyarli yetib kelgan!

 

Birinchi boʻlib gʻolibning kimligini knigi.uz Telegram -kanalining obunachilari bilib olishadi. Biz bilan bu yerda ulanish mumkin!