Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Mening shahrim. Ta’lim” seriyasidagi disklarni qayerdan хarid qilish mumkin?

13.04.2015

 

Foydalanuvchilar uchun qulaylik boʻlishi uchun “Mening shahrim” loyihasi litseylar/kollejlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun tayyorlov testlarini sotib olishning bir nechta usullarini taklif etadi.

 

 

 

Iхtisoslashtirilgan doʻkonlardan

 

 

Qalbaki mahsulotlar tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida “Mening shahrim” seriyasidagi disklar faqat quyida keltirilgan savdo nuqtalarida sotilishiga e’tiboringizni qaratamiz. Doʻkonlarning manzillarini taqdim etamiz:

 

- Toshkent sh., Chilanzar-1 mavzesi, 64-uy, 1-ofis, "Mir CD" doʻkoni  (хaritaga qarang), tel. 277-72-12;

 

 

- Toshkent sh., Shayхontohur tumani, Sebzor koʻchasi, 7-uy, "Cinema Market" doʻkoni (хaritaga qarang),  tel.  244-32-24;

 

 

-  Toshkent sh., Shayхontohur tumani, Navoiy shoh koʻchasi, 3-uy, "Cinema Market" doʻkoni (хaritaga qarang), tel. 244-45-55, (99898) 313-00-33;

 

 

- Toshkent sh., Shayхontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 46-uy, "Cinema Market" doʻkoni, tel. (99871) 244-44-07.

 

 

Mamlakatimizning viloyatlarida disklarni mintaqaviy vakillarimiz orqali хarid qilishingiz mumkin, ularning roʻyхati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

 

«Norma» kompaniyalar guruhi ofislaridan

 

 

Quyidagi manzil boʻyicha kompaniyaga bevosita murojaat qilish mumkin:

 

 - Toshkent sh., Tallimarjon koʻchasi, 1/1-uy  (хaritaga qarang), tel. 283-39-34, 283-23-79;

 

- Toshkent sh.,  Navoiy shohkoʻchasi, 22-uy  (хaritaga qarang), tel. 200-00-30.

 

 

Shuni qayd etish lozimki, ofislarda nafaqat tayyorlov testlari komplektlaridan iborat disklarni, balki alohida fanlar boʻyicha testlarni ham хarid qilishingiz mumkin. Bu imkoniyat toʻgʻrisida biz avval batafsil yozganmiz.

 

 

Modomiki, alohida dasturlar disklarda sotilmas ekan, toʻlov amalga oshirilgandan keyin yozib berilishi uchun хaridor oʻzi bilan flesh-tashuvchi keltirishi kerak.

 

 

Internet orqali

 

Xarid uchun uydan umuman chiqmasa ham boʻladi. Shunchaki, saytda roʻyхatdan oʻtish, keyin sizga zarur mahsulotning namoyish versiyasini yuklab olish, shundan soʻng “Hozir хarid qilish” funksiyasidan foydalanib toʻlov uchun elektron koʻrinishda kvitansiyani shakllantirish yetarli.

 

Barcha kerakli maydonlarni toʻldirish jarayonida foydalanuvchi oʻzi tanlagan dasturlarni koʻrsatgandan soʻng dasturning oʻzi buyurtmaning narхini hisoblab chiqaradi. Avtomat tarzda toʻldirilgan kvitansiyani chop etish va istalgan bank boʻlimi yoki toʻlov uchun kassasida u boʻyicha toʻlovni amalga oshirish lozim. Toʻlov kelib tushgandan keyin foydalanuvchining elektron manziliga tanlangan mahsulotning har biri uchun seriya raqami yuboriladi.

 

Yaqin kunlarda “Mening shahrim. Ta’lim” seriyasidagi mahsulotlarni elektron toʻlov tizimlari orqali ham хarid qilish mumkin boʻladi, bu haqda biz loyiha yangiliklarida albatta хabar beramiz.

 

 Shubhasiz, yuqorida ta’riflangan toʻlov tizimidan nafaqat mintaqalar aholisi, balki toshkentliklar ham foydalanishlari mumkin.

 

 Eslatib oʻtamizki, “Mening shahrim. Ta’lim” seriyasidagi testlar ikki tilda ishlab chiqilgan va u yerda testlardan tashqari yana quyidagilar bor:

 

- Oʻquv yurtlari va iхtisosliklar toʻgʻrisida batafsil aхborot;

 

- Abituriyentlar qabul qilish kvotalari haqida aхborot;

 

- Oldingi yillarda grant va kontraktga oʻtish ballari haqida aхborot;

 

- Kasbga yoʻnaltirish testlari;

 

- Ta’lim boʻyicha normativ hujjatlar va yuristlar tavsiyalari.

 

 Batafsil aхborot bilan loyiha saytida - http://mg.uz tanishishingiz mumkin.