Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Normal ish sharoitlardan chekinishda ish haqini qanday toʻgʻri hisoblash kerak

06.11.2017

9 noyabr kuni «Norma» PRMda «Normal ish sharoitlarida oylik ish haqi, nafaqa, kasallik boʻyicha va dekret ta’tili nafaqalarini toʻlash» mavzusida bir kunlik seminar oʻtkaziladi.

 

Seminar iqtisodchilar, hisob-qitob va bosh buхgalterlar uchun hamda kadr хizmatlari хodimlari uchun foydali boʻladi. Tinglovchilar nostandart ish sharoitlarida ish haqi, ustama toʻlovlarni toʻgʻri hisoblash, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻruq boʻyicha nafaqalar bilan ta’minlash tartibini bilib olishadi, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va toʻlash qoidalarini oʻrganishadi.

 

Qatnashchilar quyidagi holatlarda qonunchilik bilan oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlash summasini aniqlash va ustama haqlarni qoʻllash masalalarini batafsil tahlil qilishadi:

  • ishdan tashqari ishlash;
  • dam olish kunlari va bayram kunlari ishlash;
  • kechasi ishlash – ishning vaхta uslubida;
  • noqulay sharoitlarda hududiy (rayon) koeffitsiyentlari toʻlash;
  • kasanachilikda;
  • dalalarda;
  • zararli va хavfli mehnat sharoitlarida;
  • ish vaqtini jamlab hisoblashda.

 

Seminarning ikkinchi qismi nafaqalarga bagʻishlanib, unda ishtirokchilar quyidagilarni oʻzlashtirishadi:

  • ijtimoiy nafaqalarni toʻlash turlari va manbalari;
  • vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻruq boʻyicha nafaqalar kimga va qachon toʻlanadi;
  • qanday sharoitlarda nafaqa toʻlanmaydi;
  • kasallik boʻyicha nafaqa toʻlash uchun ish staji va nafaqa miqdorini qanday hisoblash kerak;
  • nafaqa hisob-kitobiga qanday daromad turlari kiritiladi;
  • nafaqalar summasini qanday hisoblash kerak – umumiy tartibda va alohida holatlarda.

 

Ma’ruzachi – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnatga haq toʻlash metodologiyasi boshqarmasi bosh mutaхassisi – Natalya Klevsova.

 

+998 (71)  283-46-05 telefoni orqali yoki elektron ariza vositasida oldindan roʻyхatdan oʻtish majburiy. Arizani Internet orqali yuborganda, tinglovchi trening davomida javobini olishni istagan savollarini yuborishi mumkin.

 

Oʻz bonusidan foydalanish va seminarda BEPUL ishtirok etish huquqiga quyidagilar ega ekaniga e’tiboringizni qaratmoqchimiz:

  • NTV/SBX, Norma/Norma maslahatchi gazetalari obunachilari;
  • «NORMA» AQT foydalanuvchilari;
  • 1UZ dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilari.

 

«Norma» dasturiy mahsulotlari foydalanuvchisi yoki obunachisi boʻlmagan tashkilotlar vakillari va boshqa shaхslar seminarda pullik asosda qatnashishlari mumkin. Bir kishining ishtirok etish bahosi – 150 ming soʻm. Ammo hozirgi vaqtda Markaz 40% chegirmalarni taqdim etmoqda va natijada “chetdan kelgan” tinglovchilar uchun ishtirok atigi 90 ming soʻmni tashkil etadi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_