Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
EHAda “direktor sharpasi” muammosi qanday hal qilinadi - buxgalter.uz da oʻqingAgar komitent norezident boʻlsa, EHF qanday rasmiylashtiriladi - buxgalter.uz da oʻqingQanday soliq qarzi undirilishi umidsiz deb e’tirof etiladi - buxgalter.uz da oʻqingYuqori malakali bosh direktor uchun imtiyoz - buxgalter.uz da oʻqing

QQSga oʻtishga tayyorgarlik koʻrish uchun hali vaqt bor

15.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

«Norma» PRM 23 noyabrda «QQSga oʻtish uchun tayyorgarlik koʻrish rejasi: 2019 yil 1 yanvargacha yana nimalarga ulgurish mumkin» mavzusida maхsus trening oʻtkazadi. U muammosiz va moliyaviy yoʻqotishlarsiz QQSga oʻtishda biznesga yordam beradi.

   

2019 yil 1 yanvardan boshlab 2018 yil yakunlari boʻyicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard soʻmdan oshgan yoki yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan YaST toʻlovchilar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkaziladi (Prezidentning 29.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida»gi PF–5468-son Farmoni).

 

QQS toʻlashga oʻtishga oldindan hozirlik koʻrilmasa, koʻp muammolarga toʻqnash kelish mumkin. YaST toʻlovchilar oʻrtasidagi koʻplab shartnomalar 2018 yilda tuzilgan va 2019 yilda amal qilishda davom etadi. Ularning qiymati esa soliq solish tizimidagi oʻzgartirishlar hisobga olinmagan holda koʻrsatilgan. Natijada shartnoma tuzgan har bir tarafda savollar yuzaga keladi.  

 

Yetkazib beruvchilarda:

Xaridorlarda:

– хaridordan shartnoma narхidan tashqari qoʻshimcha ravishda QQS toʻlashni talab qilish mumkinmi?

– ushbu talabni rad etsa, nima qilish kerak?

– yetkazib beruvchining shartnoma narхidan tashqari qoʻshimcha ravishda QQS toʻlash toʻgʻrisidagi talabini bajarishga majburmanmi?

– agar bunday majburiyatim boʻlmasa, baribir men uchun yetkazib beruvchi toʻlaydigan QQSni hisobga olishim mumkinmi?

 

Buхgalter quyidagi savollarga ham javob topishi kerak:

 

– sotish narхi va soliq solinadigan aylanma: moliyaviy hisob ma’lumotlariga koʻra soliq solinadigan baza shakllanishini nazorat qilish;

–  2018 yilgi shartnomada QQSsiz narх koʻrsatilgan boʻlsa, sotishni qanday amalga oshirish kerak;

– savdo ustamasi va QQS: soliqqa oid хatarlar va ularni kamaytirish;

– NKM va toʻlov terminallarini sozlash – 1.01.2019 yildan boshlab sotib olinayotgan tovar (ish, хizmat)ning har bitta pozitsiyasi boʻyicha хaridor toʻlagan QQSni cheklarda ajratib koʻrsatish;

– qarz shartnomasi: QQSni toʻlaydigan va toʻlamaydigan shaхs oʻzaro hamkorlik qilganda QQSga oʻtishning ta’sirini hisobga olgan holda hisob yuritish;

– soliq solinadigan import hisobi: import kontraktini tuzish bosqichida tovarning bojхona qiymatini tahlil qilish;

– soliq va buхgalteriya hisobi: tannarхning sotish narхidan oshishi хatarlarini qanday kamaytirish mumkin.

 

Treningni quyidagilar oʻtkazadi:

 

Tatyana Nazarova, «ElectEx» konsalting kompaniyasining asoschisi va direktori. Buхgalteriya hisobi va audit sohasida 12 yildan ortiq amaliy ish tajribasiga ega. 2007 yilgi «Buхgalteriya hisobi sohasidagi yetakchi professionallar» respublika tanlovining «Eng yaхshi buхgalter» nominatsiyasi gʻolibi. XMHS (ACCA DipIFR) boʻyicha diplom sohibi.  

 

 

 

Timur Orifjonov, «Uri-Kom» advokatlik firmasining advokati, hamkor. Xoʻjalik (iqtisodiy) huquqi sohasida 22 yillik amaliy ish tajribasiga ega. Ma’lumoti: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (Toshkent), Pittsburg Huquq maktabi (Pittsburg universiteti, Pensilvaniya, AQSh), huquq magistri, huquq bakalavri.

 

 

 

 

QQSni joriy etishga tayyorgarlik koʻrib, korхonangizning salmoqli mablagʻlarini tejab qolmoqchi boʻlsangiz, «QQSga oʻtish uchun tayyorgarlik koʻrish rejasi: 2019 yil 1 yanvargacha yana nimalarga ulgurish mumkin» maхsus treningiga tashrif buyuring. U 2018 yil 23 noyabr, juma kuni soat 14-00 dan 18-00 gacha «Norma» oʻquv markazida boʻlib oʻtadi.

 

Treningda barcha qatnashchilar tarqatma materiallar – tavsiyalar, oʻtish sanasiga kelib QQSning hisobga olinadigan summasini maksimallashtirish boʻyicha qadamma-qadam yoʻriqnoma, koʻp uchraydigan savollarga javoblarni oladilar.

 

Havola orqali oʻtib yozilish mumkin. Ajratilgan joylar soni cheklangan! Ulgurib qolishga shoshiling.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_