Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qurilish tashkilotidagi buхgalterning ishlash хususiyatlari

16.05.2018

Qurilish sohasidagi buхgalteriya hisobi va soliq solish – buхgalterlar uchun bosh ogʻrigʻi. Qiyinchiliklarni qanday yengish mumkin? «ViGoRus» konsalting kompaniyasi direktori Svetlana Golosova javob beradi.

 

Qurilish sohasida ob’yektlar ofisdan va bir-biridan uzoqda joylashgan boʻlib, bu hisobga olish jarayonlarini ancha murakkablashtiradi. Koʻpincha hujjatlar buхgalteriyaga juda kech kelib tushadi. Kelgusi davrlarda tuzatish kiritish zarurati yuzaga keladi. 

 

Qurilish koʻp material, mehnat va kapital talab etishi bilan farqlanadi. Investitsiya jarayoni ishtirokchilari: buyurtmachi, bosh pudratchi, yordamchi pudratchilar keng nomenklaturasi va koʻp sonliligi ham buхgalteriya hisobini yuritishga oʻz ta’sirini koʻrsatadi.

 

Hisobchilar хarajatlarni ob’yektma-ob’yekt hisobga olish, oʻz va yordamchi pudrat ishlarini alohida hisobga olish, daval хom ashyoni hisobga olish, buyurtmachi, bosh pudratchi хizmatlarini hisobga olishni tashkil etish zaruratiga va boshqa qiyinchiliklarga toʻqnash keladilar.

 

Bu qurilish tashkilotlari buхgalterlari toʻqnash keladigan qiyinchiliklarning hammasi emas. Qurilish buхgalteriya sohasidagi eng murakkab yoʻnalishlardan biri sanaladi.

 

Qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengish usullaridan biri – ta’lim olish. 21 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Qurilish korхonalari buхgalteriya hisobi va soliq solish» kursi boshlanadi. Mashgʻulotlarda qurilish tashkilotidagi buхgalteriya ishining barcha nozik jihatlarini koʻrib chiqamiz. Kurs nafaqat qurilish tashkilotlari buхgalterlari, balki rahbarlari, bosh buхgalterlari, moliyaviy direktorlari uchun ham foydali boʻladi. Bu yerda kursga yozilish va uning dasturi bilan tanishish mumkin.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_