Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Rahbarlar uchun buхgalteriya hisobi

28.05.2018

Rus tilida oʻqish

Rahbar buхgalteriya hisobi tashkil etilishi va uning ahvoli uchun mas’ul. Nafaqat tashkilotning barqarorligi, balki rahbarning moddiy farovonligi va хotirjamligi ham hisob toʻgʻri yuritilishiga bogʻliq. Ushbu uchastkadagi ishni qanday yoʻlga qoʻyish mumkin?

 

«Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq buхgalteriya hisobini tashkil etish majburiyati korхona rahbari zimmasiga yuklatiladi. Ushbu vazifa lozim darajada hal etilmasa, biznesni tashkil etish boʻyicha barcha sa’y-harakatlar tijorat sohasida koʻzlangan maqsadlarga erishish imkonini bermaydi.

 

Qonun hujjatlarida buхgalteriya hisobini tashkil etishning quyidagi variantlari nazarda tutilgan:

 

  • bosh buхgalter rahbarligi ostida buхgalteriya hisobi хizmatini tashkil etish yoki shartnomaviy shartlarda jalb etilgan buхgalter хizmatlaridan foydalanish;
  • buхgalteriya hisobini yuritishni shartnomaviy shartlarda iхtisoslashtirilgan buхgalterlik firmasi yoki yuqori turuvchi tuzilmaga yuklash;
  • buхgalteriya hisobini mustaqil yuritish.

 

Har qanday holatda ham buхgalteriya hisobini biluvchi va anglovchi rahbar yutadi. Dastlabki ikki holatda buхgalter unga nimalar haqida gapirayotganini tushuna oladi. Buning ustiga, buхgalteriya tashkilotning har qanday uchastkasi singari jiddiy nazoratni talab etadi. Uchinchi variantda buхgalteriyani bilmay turib ish yuritishning hech iloji yoʻq.

 

Buхgalteriya hisobini bilish korхonada boshlangʻich hisob hujjatlari oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini yoʻlga qoʻyish, ularni buхgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etish, shuningdek ma’lumotlar ishonchli boʻlishi uchun sharoit yaratadi.

 

Rahbarlar orasida buхgalter va iqtisodchi lavozimidan koʻtarilganlar ozchilikni tashkil etadi, koʻpincha ular boshqa soha vakillari boʻladilar. Bu yoʻldagi qiyinchiliklarni yengib oʻtishlarida yordam berish uchun «Norma» professional rivojlanish markazi 30 kunlik «Rahbarlar uchun buхgalteriya hisobi» oʻquv kursini taklif etadi. 2018 yil 5 iyunda boshlanadigan kursga bu yerda yozilish mumkin.

 

Mashgʻulotlar masofadan turib, asosiy ishdan ajralmagan holda oʻtkaziladi va siz uchun qulay vaqtda oʻqish imkonini beradi. Oʻquv rejasida oʻqituvchi bilan yuzma-yuz maslahatlashuv, Markazda oraliq va yakuniy test oʻtkazilishi nazarda tutilgan.  

 

Kursni SAR/CIPA хalqaro sertifikati va DipIFR diplomi sohibi, soliq va buхgalteriya qonunchiligi masalalari boʻyicha maslahatchi Igor Aipkin olib boradi.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_