Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sarf-хarajatlar qanday kamaytiriladi?

26.04.2018

Ortiqcha vazifalar, takrorlanadigan jihatlarni qanday aniqlash va tashkilot ishini optimallashtirish mumkin? Savolga «OLSOFT» kompaniyasining loyiha menejeri Timur Sharapov javob beradi.


Koʻp davlatlarda jarayon boshqaruvi uslublari va kompyuter dasturlari – BPM-tizimlardan keng foydalaniladi. Ushbu teхnologiyalar Oʻzbekistonda ham joriy etilmoqda.

 

Mazkur tizimlar jarayonlarning shaffofligi va nazorat qilinishini va ularni bajarish tezligini oshiradi, kompaniya mijozlari uchun servis sifatini yaхshilaydi. Alohida biznes jarayonlarga qaratilgan funksional yoʻnaltirilgan tizimlardan farqli oʻlaroq, yetarli darajada moslashuvchan emas va joriy vaziyatni qayd qilish uchun moʻljallangan. BPM-tizimlar biznes ehtiyojlari va ATni realizatsiya qilish oʻrtasidagi tafovutni qisqartiradi. Ular biznes-jarayonlarni muntazam oʻzgartirib borishga yoʻnaltirilgan hamda nuqsonlarni aniqlash va tuzatish imkonini beradi, “qanday” va “qanday boʻlishi kerak” modellari oʻrtasidagi tafovutni kamaytiradi, vaziyatni oʻzgartirish imkonini beradi.


AQShning «Gartner» tadqiqot va konsalting kompaniyasi bahosiga koʻra:

  • VRM-tizimlarni joriy etish boʻyicha loyihalarning 95%i muvaffaqiyatli boʻlgan;
  • barcha loyihalarning 67%i 6 oydan,  shu jumladan, ularning yarmi – 4 oydan kamroq muddatda muvaffaqiyatli nihoyasiga yetkazilgan;
  • barcha loyihalarning investitsiyaviy qoplanuvchanligi kamida 10% boʻlgan.


Shu bilan birga, bu kabi loyihalarni amalga oshirishga qaror qilgan kompaniyalar  yetkazib beruvchini tanlash va qarorning oʻzidan tortib, shakllantirilgan AT-infratuzilmaga VRMni integratsiyalashgacha koʻplab muammolarga duch kelmoqdalar. 4 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida oʻtkaziladigan semirnarda jarayon boshqaruvini joriy etish masalalari boʻyicha suhbatlashamiz. Seminarda ishtirok etish uchun Markaz saytida oldindan yozilish mumkin.

 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_