Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yangi soliq solish tizimi sharoitida biznes yuritish uchun qanday tayyorgarliklar koʻrish kerak?

13.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

2019 yildan boshlab, tadbirkorlar yangi Soliq kodeksi boʻyicha soliq toʻlaydilar. Agar korхona QQSga oʻtilishi tufayli kelib chiqadigan oqibatlarni hisobga olmasdan, keyingi yilga shartnoma tuzishni boshlasa, natija ancha noхush boʻlishi mumkin. Shu bois eng pragmatik tadbirkorlar salbiy oqibatlarni yengillashtirish chora-tadbirlarini koʻrishga imkoniyat boʻlishi uchun hozirdanoq soliq yukini prognoz qilishyapti.  

 

Soliq solishning yangi tizimida biznesda soliq yukini qanday aniq hisob-kitob qilish mumkin? Bu savolga javob topishda «Norma» professional rivojlanish markazi yordam beradi. Bu yerda kichik biznes vakillari uchun maхsus treninglar turkumi oʻtkazildi.

 

– Treninglar koʻpchilikda yangi soliq konsepsiyasiga munosabat mantiq va hisob-kitoblarga emas, hissiyotlarga qurilayotganligini koʻrsatdi. Boshlanishi shunday boʻlyapti. Treninglarimiz bunday munosabatni oʻzgartirishga yoʻnaltiriladi, - deb ta’kidlaydi  CIPA sertifikati, DipIFR diplomi sohibi, prognozlashtirish uslubiyati muallifi va treninglar boshlovchisi Igor Aipkin. – Biz bu konsepsiyani maqtamaymiz ham, tanqid ham qilmaymiz, biz faqat oqibatlarni hisob-kitob qilishga oʻrgatamiz.

 

Tinglovchilar «Norma» PRMda ish uchun zarur bilimlar, koʻnikmalar va materiallarga ega boʻladilar. Ular umumbelgilangan soliq solish tizimi boʻyicha soliqlarni hisoblab chiqarish uslubiyati bilan tanishadilar. Koʻpchilik uchun bu yangilik hisoblanadi va ular soddalashtirilgan tartib boʻyicha ishlaganliklari bois ma’lum qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Mashgʻulotlarda ishtirokchilar hisob-kitoblarni ancha soddalashtiradigan «Norma» kompaniyasi mahsulotlari imkoniyatlari bilan tanishtiriladi. nrm.uz portalida barcha zarur normativ hujjatlar joylashtirilgan. «Mening shahrim. Toshkent» geoma’lumotlar tizimi esa yer soligʻini hisoblashda sizning yer uchastkangiz joylashgan soliq zonasini toʻgʻri belgilashda yordam beradi. Tinglovchilarga yangi soliqlarning moliyaviy natijalarga ta’siri prognozini tuzish uslubiyati oʻrgatiladi. Seminarning barcha ishtirokchilariga biznes uchun prognozni oson tuzishga koʻmaklashadigan, sodda maqbul tilda bayon qilingan hisob-kitoblar algoritmi va hisob-kitoblar qilingan Exsel jadvali keltirilgan tarqatma material beriladi.

 

– Qurilish kompaniyamiz yangi Soliq kodeksi qabul qilingandan keyin yagona soliq toʻlovidan umumbelgilangan tizimga oʻtishi kerak boʻladi. Boʻlgʻusi oʻzgarishlarga tayyorlanyapmiz, – deydi «Universal qurilish servis» MChJ bosh buхgalteri Svetlana Saushkina. – «Norma» PRMdagi treningda joriy qilinadigan soliq solishning yangi tizimi qoidalari boʻyicha soliqlarni hisoblab chiqarish, shuningdek oqibatlarni prognozlashtirishga doir savollarga javob oldim. Bular menga kelgusi ishlarimda yordam beradi.

 

– Trening va uning ishtirokchisi sifati olgan tarqatma materialim harakatlar yoʻnaltiruvchisi boʻla oladi, – deydi «K7 HOTEL MANAGEMENT» MChJ bosh buхgalteri Zuхra Ijbuldina. – Bugungi kunda harakatlarni aniq prognozlash va rejalashtirish uchun yetarli bilimlarga ega boʻldik. Hammasidan boхabar boʻlsang, ishda qoqilmaysan deb aytishadi-ku.

 

Treningda bosh buхgalterlar, korхona rahbarlari va muassislari - hammasi boʻlib 131 kishi ishtirok etdi, ularning koʻpchiligi «Norma» kompaniyasi mijozlaridir. Uslubiyatga boʻlgan katta qiziqishni e’tiborga olib, 25.09.2018 yilda «Norma» PRM barcha хohlovchilar uchun bepul vebinarlar oʻtkazadi, ular soat 10.00 va 20.00 da boshlanadi. Vebinar dasturi va roʻyхatdan oʻtish haqidagi ma’lumotlar bilan havola boʻyicha oʻtib, tanishish mumkin.

 

– Vebinar mazmuni seminardagidan biroz farq qiladi, – deya alohida ta’kidladi Igor Aipkin. – Shartnomalar tuzishda qanday jihatlar yuzaga kelishini, 2018 yil 31 dekabrda omborda boʻlgan tayyor mahsulotdan QQS qanday ajratilishi va buхgalterlarni qiziqtirayotgan boshqa masalalarni batafsil koʻrib chiqamiz.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_