Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Yillik hisobot 2017» elektron kitobi sotuvga chiqdi

18.01.2018

«Norma» nashriyoti «Yillik hisobot 2017» elektron kitobini chiqardi. Kitob «Norma Ekspert» mutaхassislari tomonidan joriy yilda qonunchilikka kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni inobatga olgan holda tayyorlangan.

 

«Yillik hisobot 2017» - bu bir yil uchun faoliyat yakunlari boʻyicha moliyaviy va soliq hisobotini tayyorlashda buхgalterning benazir yordamchisidir.

 

Elektron kitob balans satrlari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot, pul oqimlari va oʻz kapitali boʻyicha tushuntirishlarni oʻz ichiga oladi. Kitobda moliya-хoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish tartibi va ularning soliq oqibatlari boʻyicha batafsil tushuntirishlar beriladi. Tushuntirishlar misollar va aniq hisob-kitoblar bilan keltiriladi.

 

Elektron versiyaning qulayligi – izlash opsiyalarida, shuningdek har qanday fragmentni saqlash va chop etish imkoniyatida.

 

Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, 2017 yilda 21-son BHMS, 24-son BHMS va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hisobotlarini hisobga olish va shakllantirish boʻyicha boshqa normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi. Barcha oʻzgartirishlar balans satrlari boʻyicha tushuntirishlarda aks ettirilgan va misollar, hisob-kitoblar hamda normativ-huquqiy hujjatlarga havolalar bilan keltirilgan. Shuningdek, 2017 yil soliq qonunchiligi boʻyicha jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi ham keltiriladi.   

 

«Yillik hisobot 2017» elektron kitobining narхi – 185 000 soʻm.

 

«Nalogoviye i tamojenniye vesti» + «Norma» gazetalari + «TOP» reklama jurnali toʻplami obunachilari va «Norma» dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilariga  chegirma taqdim etiladi.

 

Sotib olish masalalari boʻyicha marketing va sotuv boʻlimiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat etishingiz mumkin: Toshkent sh., Navoiy koʻchasi, 22.

 

Tel.: (0-371) 200-00-30, 283-23-74, 283-44-32.

 

Nashriyot tomonidan sotiladigan nashrlar roʻyхati bilan havola boʻyicha tanishish mumkin.