14 dekabr kuni Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.
Abdulla Aripov Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi
15.12.2016

Majlisni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov olib bordi.
Ma’lumki, Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq Bosh vazir nomzodi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan Oʻzbekiston Prezidentiga koʻrib chiqish uchun taklif etiladi. Shundan kelib chiqib, yaqinda boʻlib oʻtgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi majlisida Prezidentga Bosh vazir lavozimiga nomzod taklif etildi.
Mamlakatimiz Prezidenti Bosh vazir oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga taqdim etdi hamda majlisda hozir boʻlganlarni A.Aripovning biografiyasi bilan tanishtirdi.
Shundan soʻng A.Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.
Ma’ruzani eshitgach, deputatlar va Senat a’zolari Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzodni ma’qullashdi va tegishli qaror qabul qilishdi.
Ma’ruf USMANOV
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 18 avgust№ 33
- NNTda oʻz hisob standarti paydo boʻldi
- Umumiy yigʻilishda ijaraga beruvchilarning fikrini qanday hisobga olish kerak?
- Bolalarga toʻlovlar, rad etish muddatlari, chet elliklarning pensiyasi haqida...
- Buхgalteriya hujjatlarida qaysi soʻzlarni eskicha yozish mumkin emas
- Yetkazib beruvchi «soddalashtirilgan» QQS toʻlashga oʻtsa…



