Shaxs oʻzi nomiga kredit rasmiylashtirishga taqiqni qanday oʻrnatishi mumkin
Taqiqlash toʻgʻrisidagi arizani YaIDXP, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali berish mumkin.
Mamlakatda koʻchmas mulkni ommaviy baholash oʻtkaziladi
Uning maqsadlaridan biri adolatli soliqqa tortishdir.
Yerni ijaraga olish uchun auksionda boshlangʻich narxni belgilash tartibi oʻzgartirildi
Shuningdek, yerdan foydalanish maqsadlariga qarab oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlar belgilangan.
Oʻzbekistonda moliyaviy kasblarini rivojlantirish uchun nima taklif qilinmoqda
Oʻzbekistonda malakali moliya mutaxassislarining keskin yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Sohadagi ish haqi soʻnggi 7 yil ichida 2–3 baravar oshgan.
Bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati qanday tashkil qilinadi
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar taqdim etiladi.
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi
Prezident tomonidan statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Tovarlar, xizmatlar va ishlarga eksklyuziv huquqlar kimlarga beriladi
Eksklyuziv huquqlarning berilishi raqobatning rivojlanishini va iqtisodiyotda xususiy sektorning rolini yanada oshirishni ta’minlaydi.
Anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Hujjat anderrayterlar uchun majburiyatlar va taqiqlarni belgilaydi.
Energetika vazirligi elektr va gaz boʻyicha limitlarni qayta koʻrib chiqish huquqiga ega
Bunda idora qayta koʻrib chiqilgan limitlarni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishishi shart.
Foydali qazilmalarni qazib chiqarishni nazorat qilish qanday amalga oshiriladi
Togʻ-kon va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining vazifalaridan biri – qazib olingan foydali qazilmalarning ishonchli hisobini yuritish ustidan nazorat qilish.
Ijtimoiy shartnoma qanday tuziladi
Kambagʻal oilalarga qoʻllab-quvvatlash choralari mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash, oʻz tomorqa yerlaridan samarali foydalanish va boshqa shartlarni hisobga olgan holda ijtimoiy shartnoma asosida koʻrsatiladi.
Donorlar uchun pul mukofotlari miqdori oshirildi
Ularga shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish, oʻzlari uchun qulay boʻlgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqi ham beriladi.
Transport vositasining VIN kodlarini olish – Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali
VIN kodlarni shakllantirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning reglamenti tasdiqlanmoqda
Texnik reglamentlar qanday ishlab chiqiladi
Manfaatdor tomonlar tarafidan tayyorlangan texnik reglamentlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar har yili 1 noyabrga qadar Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etiladi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining vakolatlari aniqlashtirilmoqda
Xususan, Departament dastlabki tergovni amalga oshiradi.
Xizmatlar sohasiga 3 mln kishi jalb qilinadi
Prezident qarori bilan 2025 yilda xizmatlar hajmini 15%ga oshirish va 52,2 ming xizmat koʻrsatish ob’yektlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Muqaddas Ramazon oyiga tayyorgarlik boshlandi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axborotiga asosan 2025 yilda muqaddas Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga toʻgʻri keladi.
Yoqilgʻi-energetika sohasidagi huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qanday tartibda qoʻllaniladi
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy ravishda bir oy ichida toʻlashlari mumkin. Aks holda vakolatli organ majburiy undirishni soʻrab sudga murojaat qiladi.
Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining texnik reglamenti tasdiqlandi
Ushbu reglament muomalaga chiqariladigan tayyor mahsulotlar, shu jumladan metall, polimer va boshqa materiallardan tayyorlanadigan tayyor mahsulotlar xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilaydi.
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi qabul qilindi
Uning vazifalaridan biri –koʻp millatli va koʻpkonfessiyali Oʻzbekiston xalqining birligi va birdamligini mustahkamlash.
Ayrim import qilinadigan tovarlar sugʻurtasining bir qismi qoplab beriladi
Chora kichik biznesga koʻmaklashish markazlari yordamida ishlab chiqiladigan loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalar, xomashyo va materiallarni sertifikatlashga tatbiq etiladi.
1 martdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2025 yil 1 martdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali qanday amalga oshirish kerak
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan davlat mijozlariga xarid kartasiga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va dividendlarni oʻtkazish taqiqlandi.
Harbiy xizmatchilarga uy-joy ijarasi uchun kompensatsiya miqdori oshirildi
Poytaxtda BHMning 4,8 baravarigacha, viloyat markazlarida BHMning 3,6 baravarigacha, boshqa aholi punktlarida BHMning 2,4 baravarigacha toʻlanadi.
Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligi sharafiga esdalik medali ta’sis etildi
Prezident Farmoni bilan «Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligi» esdalik yubiley medali ta’sis etildi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining vazifalari belgilandi
Ular orasida – davlat dasturlarini, shu jumladan aholini ish bilan ta’minlash va daromadlarini oshirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish vazifalari mavjud.
«Moliya mutaxassislari forumi – 2025»ga moliya boʻyicha direktorlar va bosh buxgalterlarni taklif qilamiz
28 fevral kuni birinchi Moliya mutaxassislari forumi boʻlib oʻtadi. Unda Oliy Majlis deputatlari, O'zLiDeP vakillari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bandlik vazirligi, SSP, ACCA, ACFP, Venkon vakillari ishtirok etadilar.
«Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi
Ilgari amalda boʻlgan, 2000 yilda qabul qilingan qonun tegishli darajada shaffoflik va samaradorlikni ta’minlamagan, xalqaro standartlarga mos kelmagan.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


