Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil 1 apreldan boshlab yangi talablar boʻyicha onlayn-NKT bilan qanday ishlash kerakOʻzbekistonda «spin-off» korхonalar qanday imtiyozlarga ega boʻladiOʻzbekistonda soliq yukini qanday kamaytirish rejalashtirilmoqdaChek-list: norezidentga daromad toʻlashdan oldin buхgalter nimani tekshirishi kerak

Mamlakatda koʻchmas mulkni ommaviy baholash oʻtkaziladi

06.03.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 05.03.2025 yildagi «Koʻchmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi PF-43-son Farmon imzolandi.

 

Hujjat respublikadagi mavjud 8 mlndan ortiq turar va noturar joylar, 7 mlnga yaqin yer uchastkalarining qiymatini belgilash, shuningdek soliqqa tortishda adolat tamoyilini kengroq joriy etish maqsadida qabul qilingan.

 

Koʻchmas mulkni ommaviy baholash uch bosqichda amalga oshiriladi:

  • 2025-2026 yillar – tajriba tariqasida Toshkent shahrida;
  • 2026-2027 yillarda – Nukus shahri va viloyat markazlarida;
  • 2027 yil va undan keyingi yillar – qolgan hududlarda.

 

Shu maqsadda Kadastr agentligi huzurida Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev