Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2018 yil oktyabr oyidan barcha ishlovchi pensionerlarga - toʻliq pensiya

06.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi shunday taklif kiritib, Prezidentning «Fuqarolarning pensiya ta’minoti samaradorligi va ijtimoiy adolatliligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasini QHTBT portalida joylashtirdi.

 

Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga toʻliq miqdorda pensiya toʻlashni belgilash taklif etilmoqda.

 

Bundan tashqari, 2019 yilning 1 yanvaridan pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining eng yuqori miqdorini EKIHning 8 baravaridan 10 baravarigacha oshirish rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek kelgusi yil boshlanguniga qadar pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining eng yuqori miqdori oshganligini hisobga olgan holda, pensiyalar miqdorini qayta hisoblash kutilmoqda.

 

Joriy yilda ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlashga pul mablagʻlari birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha prognozdan ortiqcha tushumlar hisobidan ajratiladi. Kelgusi yildan boshlab ushbu maqsadlarga tegishli mablagʻlar byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining 2019 yilgi daromadlar va хarajatlar parametrlari shakllantirilayotganda nazarda tutiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, ishlovchi pensionerlar ayni vaqtda ularga tayinlangan pensiyaning 50%ini oladilar. Pensiyani 100% oladigan ayrim toifagilar bundan mustasno. Ularning roʻyхati bilan Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda, shuningdek sharhlarimizda tanishish mumkin: 1-havola, 2-havola, 3-havola, 4-havola.  


Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.                                                                                                      

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_