Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

40 ta idoralararo organlarni tugatishni rejalashtirishmoqda

03.09.2020

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan Prezidentning “Idoralararo kollegial organlarni yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi, u QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlari bilan tuzilgan 40 ta idoralararo kollegial organlarni (roʻyхati hujjatga ilovada keltirilgan) ularning vakolatlari tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga oʻtkazilgan holda tugatish rejalashtirilmoqda.

 

Shunday tartib oʻrnatish taklif qilinmoqdaki, unga koʻra:

  • kollegial organlar hududiy tegishliligiga qarab respublika va hududiy miqyosida, shakliga koʻra doimiy faoliyat olib boruvchi (komissiya, kengash, qoʻmita) va vaqtinchalik faoliyat olib boruvchi (ishchi guruh, ishchi komissiya va boshqalar) kollegial organlar sifatida tashkil etiladi;
  • kollegial organlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi hujjatlarda ularning faoliyatini tashkillashtirish va qarorlarning ijrosini nazorat qilish boʻyicha ishchi organ belgilanadi;
  • doimiy faoliyat olib boruvchi kollegial organlar Prezident, Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari bilan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat yuritadi, vaqtinchalik faoliyat olib boruvchi kollegial organlar faoliyatini tartibga solishda alohida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi talab etilmaydi.

 

Kollegial organlar rahbarlari mazkur organlar faoliyatini tahlil qilgan holda har yili 1 martga qadar ularni maqbullashtirish yoki tugatish boʻyicha takliflarni kiritib boradi.

 

Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda:

  • tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni хatlovdan oʻtkazish va oʻrganishni tashkil etish;
  • oʻtkazilgan хatlov va oʻrganish natijalariga koʻra, tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning mavjud vakolatlarini davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga oʻtkazishni nazarda tutuvchi tegishli NHHlar loyihasini tayyorlash;
  • davlat organlari va tashkilotlarida tugatilayotgan idoralararo kollegial organlar faoliyatini tashkil etishni ta’minlash uchun kiritilgan shtat birliklarini qayta koʻrib chiqish, bunda shtatdagi хodimlarning mehnat huquqlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash topshiriladi;

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_