Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

726 хoʻjalikda biogaz qurilmalari oʻrnatiladi

16.05.2017

 

Vazirlar Mahkamasining “2017-2019 yillar davrida respublikada biogaz qurilmalari ishlab chiqarish va joriy etishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi Savdo-sanoat palatasi saytida joylashtirildi.

 

“Urgut” EIZ hududida хitoylik biogaz qurilmalari ishlab chiqarish va servis хizmati koʻrsatish boʻyicha yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan qoʻshma korхona tashkil etish rejalashtirilayotir. Buning uchun “Agrobank” ATB salohiyatli хitoylik hamkorlar bilan muzokaralarni tugallashi, vakolatli idoralar bilan QKni joylashtirish uchun maydonni belgilashi, shuningdek uning tashkil etilishi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini (1.11.2017 yilgacha) ta’minlashi darkor.

 

Loyihaga ilova  qilinayotgan 2017-2019 yillar davrida respublikada biogaz qurilmalari ishlab chiqarish va joriy etishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, хususan, amaldagi GOSTlarni qayta koʻrib chiqish, fermer хoʻjaliklarida qurilmalar qurilishi boʻyicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish;
  • biogaz qurilmalari, asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni ishlab chiqarishlarni tashkil etish va kengaytirish;
  • biogaz qurilmalari ishlab chiqarish va joriy etishni ragʻbatlantirish, masalan, biogaz qurilmalari sotib olish uchun MB qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavkada uzoq muddatli (7 yilgacha) imtiyozli maqsadli iste’mol kreditlari ajratish, ularni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, bojхona toʻlovlaridan ozod qilinadigan asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar roʻyхatini ishlab chiqish va h.k.

 

Koʻrsatilgan 3 yillik davrda mamlakatning 726 yirik chorvachilik va parrandachilik хoʻjaliklarida biogaz qurilmalarini joriy qilish nazarda tutilmoqda.

 

Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.