Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Adliya vazirligi QHTBTga takliflarni monitoring qiladi

01.05.2017

 

Savdo-sanoat palatasi forumida qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari loyihasi taqdim etildi.

 

Ma’lumot uchun: Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi 2015 yilda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish uchun ishga tushirilgan portaldir.

 

Portalda 1200 dan ziyod loyiha e’lon qilingan boʻlib, ularga muhokama ishtirokchilaridan jami 2200 dan ortiq taklif va mulohazalar kelib tushdi.

 

Erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmasdan, tizimning roli va samarasini oshirish taklif etilmoqda. Muhokama ishtirokchilari takliflarini koʻrib chiqish natijasiga koʻra jadval tuziladi. Unda qabul qilingan va qabul qilinmagan takliflar sonini qayd etib borish taklifi kiritilmoqda. U yoki bu taklif va mulohazalar rad etilishining sabablari asoslanishi zarur.

 

Ishlab chiquvchi-organ rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval koʻrib chiqiladigan materiallarning umumiy paketiga ilova qilinadi hamda loyiha bilan birga Adliya vazirligiga yuboriladi. Koʻrsatilgan tartibga rioya etmaslik, muhokama ishtirokchilarining takliflarini pisand qilmaslik yoki asoslantirilmasdan rad etish loyihani ishlab chiquvchiga qaytarish uchun  sabab boʻladi.

 

Tegishli qoʻshimchalarni Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga (14.02.2005 yildagi 62-son VMQ bilan tasdiqlangan), shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2.12.2014 yildagi 328-son «Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Qaroriga kiritish taklif etilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.