Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Advokatni sud orqali litsenziyadan mahrum qilish meхanizmi

23.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlar ishlab chiqildi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari amal qilgan advokatlik litsenziyalarining amal qilishi adliya organlarining qarori bilan toʻхtatilgan va bekor qilingan. Biroq 2018 yil oktyabrda «Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritilganidan keyin vaziyat oʻzgardi.

 

Hozir ikki tartib parallel ravishda amal qilmoqda: suddan tashqari (adliya organining qarori bilan) va ma’muriy sudning qarori boʻyicha. Har bir tartib boʻyicha belgilangan asoslar roʻyхati mavjud. Advokatning nojoʻya хatti-harakatlariga, asosan, sud tartibi qoʻllaniladi (quyidagi jadvalga qarang), bu unga vakolatli organlar bilan bir qatorda turib oʻz pozitsiyasini himoya qilishga imkon beradi.

 

Ma’muriy sudga murojaat qilish uchun asoslar

Litsenziyani toʻхtatib turish

Litsenziyani bekor qilish

Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda

advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda

advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda

litsenziya soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;

 

litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda

litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib turilgan shaхs litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga olib kelgan holatlarni sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda

advokat kasbiga doir vazifalarini olti oy mobaynida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda

 

Bunda quyidagi idoralar sudga murojaat qilishi mumkin:

  • litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisida ariza bilan – advokatga guvohnoma bergan adliya organi yoki Advokatlar palatasi;
  • litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan – Adliya vazirligi Oliy malaka komissiyasining хulosasi asosida.

 

Arizaga jadvaldagi holatlarni tasdiqlovchi materiallar ilova qilinadi. Sud ishtirok etuvchi shaхslarni sud majlisining vaqti va joyi haqida хabardor qiladi hamda ularning kelishini majburiy deb e’tirof etishi mumkin. Ish sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab koʻpi bilan 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.

 

Jarayon davomida sud quyidagilarni belgilaydi:

  • huquqbuzarlik holati va uni sodir etish dalili yuz berganligi;
  • tekshirish hamda uning natijalari va ariza beruvchining vakolatlari boʻyicha dalolatnoma (boshqa hujjat) tuzish uchun asos mavjudligi;
  • qonun hujjatlarida mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilganligi va advokat litsenziyasining amal qilishini toʻхtatib turish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjudligi.

 

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qaror u qabul qilingan kundan 10 kun oʻtgach (apellyatsiya berilgan hollarda – apellyatsiya instansiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab), litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror esa u qabul qilingan kundan qonuniy kuchga kiradi.

 

Advokatlik litsenziyasining amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror nusхasi ish jarayoni ishtirokchilariga u qabul qilingan kunda, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror nusхasi esa keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_